Bilasizmi?
Xudo – diniy sigʻinish va eʼtiqod qilishning obyekti sifatida namoyon boʻladigan buyuk qudrat, azaliylik va abadiylik, yaratuvchanlikning timsoli. Xudo turli taʼlimotlarda turlicha talqin etilgan. Xususan, Sharqda keng tarqalgan panteizm (vujudiyun)da Xudo tabiat (borliq)ning oʻzida, Xudo va tabiat bir butunlikni tashkil etadi, deyiladi. Qadimgi zardushtiylik dinida ikki Xudo obrazi: yorugʻlik Xudosi (marhamatli Xudo) Ahuramazda va qorongʻilik Xudosi (shafqatsiz, yovuz Xudo) Anhramanu (Ahriman) bir-biriga qarama-qarshi qoʻyilgan. Qadimgi Sharq dinlari va boshqa politeistik dinlarda Xudolar juda koʻp boʻlib, ulardan biri eng asosiy, eng qudratli hisoblangan (masalan, qadimgi bobilliklarda Marduk, yunonlarda Zevs, slavyanlarda Perun), monoteistik dinlarda (qarang: Monoteizm), xususan, islomda yagona va qudratli Xudoga eʼtiqod qilish – asosiy diniy aqidadir. Xudo tasavvuri tarixiy taraqqiyotning usulidir, boshqacha aytganda, Xudolar odamlarni emas, odamlar Xudolarni yaratgan.
Qadimgi diniy eʼtiqodlarda Xudolarga sigʻinish boʻlmay, jonsiz narsalarga topinilgan yoki ruh, ajinalar va boshqa fantastik obrazlarga eʼtiqod qilingan. Ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, birlashmalar rivojlanayotgan, sinflar vujudga kelayotgan sharoitda qabila Xudosining obrazi kelib chiqdi. Bu obraz, avvalo, bir qabila boshligʻining boshqa qabila va uning Xudosiga qarshi kurashdagi obrazi boʻlgan. Koʻpgina oʻtroq xalqlarda shahar-davlatlarning tashkil etilishi bilan qabila Xudolari shahar Xudo homiylariga aylangan. Bir necha qabila yoki shaharlarning birlashishi bilan eng kuchli qabila yoki shahar-davlatlarning Xudolari umumdavlat, milliy Xudolarga aylangan, boʻysungan qabila va shahar Xudolari politeistik ibodatxonada ikkinchi darajali oʻrin egallagan. Qadimgi yahudiylarda Yaxve dastlab qabila Xudosi va mahalliy Xudo boʻlgan, qadimgi yahudiy qabilalarining birlashishi va Iudeya davlatining tashkil etilishi bilan umumyahudiylarning Xudosiga, keyinchalik esa qudratli yagona Xudoga aylangan. Xristian dinida Xudo obrazi milodning I asrida shakllangan. Uning asosini yahudiylar Xudosi Yaxve (ota Xudo) tashkil etadi, lekin bu Xudo timsoliga oʻgʻil Xudo (Iisus Xristos) va muqaddas ruh Xudo obrazlari ham singib ketgan. Buddizmda, dastlab, Xudolarga sigʻinish inkor etilgan boʻlsa-da, keyinchalik buddaning oʻzi Xudo deb tanilgan, bu dinda u bilan bir qatorda boshqa Xudolar ham bor.
Islom dinida eʼtiqod qilinadigan yakka Xudo Alloh deb ataladi. Bu Xudo Makkada yashagan qadimgi quraysh qabilasi Xudosi boʻlib, Muhammadning (s.a.v.) targʻiboti bilan VII asrda islom dini Xudosiga aylangan. Makkadagi qadimgi ibodatxona – Kaʼba Baytulloh (Allohning uyi) deb atalib, musulmonlarning bosh sajdagohi boʻlib qolgan. Asosiy monoteistik dinlar shakllanishi tarixiy jarayoni tugallanishi bilan diniy-falsafiy taʼlimotlar vujudga keldi. Xudo faqat eʼtiqod va sigʻinish obyekti boʻlmay, idealistik falsafaning tushunchasiga ham aylandi. Xudo toʻgʻrisidagi tasavvur va uning turli shakllariga nisbatan turlicha qarashlar bor. Uni mutlaqlashtirish asosida “teizm”, rad etish oqibatida esa “ateizm” iboralari shakllangan.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q