Bilasizmi?
Xotira kitobi – Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1994-yil 16-martdagi Farmoni asosida, sobiq Ittifoq davlatlari orasida birinchi boʻlib, 1941–1945-yillardagi II jahon urushida halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan oʻzbekistonlik jangchilar xotirasini abadiylashtirish maqsadida nashr etilgan. Oʻzbekistonning barcha viloyat va tumanlari boʻyicha alifbo tartibida urushda halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan kishilar roʻyxatini oʻz ichiga olgan 34 jilddan iborat majmua. Mamlakatimizda har yili 9-may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlab kelinmoqda. 1995-yili urush tugaganining 50 yilligi munosabati bilan nashr etilgan mazkur 34 jildlik xotira kitobida 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 3-sentyabrgacha boʻlgan davrda urushda halok boʻlgan, harbiy gospitallar va fashistlar konsentratsion lagerlarida vafot etgan hamda bedarak yoʻqolgan 431 mingdan ortiq oʻzbekistonlik jangchilar haqida maʼlumotlar kiritilgan. Xotira kitobida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan frontga chaqirilgan, 1941–1945-yillari Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan hamda bedarak yoʻqolgan vatandoshlarimizning muborak nomlari zikr etilgan. Andijon viloyati xotira kitobi 3 jild (40 mingdan ziyod kishi), Buxoro viloyatiga ajratilgan 2 jild (25000 kishi), Jizzax viloyatiga bagʻishlangan xotira kitobida 6780 dan ortiq kishi haqida, Navoiy viloyatiga bagʻishlangan xotira kitobi 1 jilddan iborat (8000ga yaqin kishi) Namangan viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi ikki kitobdan iborat boʻlib, unda taxminan 27000dan ortiq kishi haqida, Samarqand viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi 3 kitobdan, Sirdaryo viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi 1 jilddan iborat boʻlib, unda 3942 kishi haqida, Surxondaryo viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi ikki jilddan iborat boʻlib, ularda taxminan 23000 dan ortiq kishi haqida, Toshkent viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi ikki jilddan iborat boʻlib, unda taxminan 30.000 kishi haqida, Fargʻona viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi 4 kitobdan iborat boʻlib, ularda 50000 kishi haqida, Xorazm viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi ikki kitobdan iborat boʻlib, ularda taxminan 15000 kishi haqida maʼlumot berilgan. Bundan tashqari, halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan jangchilarning tugʻilgan yili, oyi va joyi, qaysi qismda xizmat qilgani, harbiy unvoni, qachon va qayerda halok boʻlgani yoki bedarak yoʻqolgan joyi, aniq boʻlsa qayerga dafn etilganligi koʻrsatilgan.
Qashqadaryo viloyatiga bagʻishlangan Xotira kitobi ikki kitobdan iborat boʻlib, ularda 20722 kishi haqida maʼlumot berilgan. Toshkent shahriga bagʻishlangan Xotira kitobi 4 jilddan iborat boʻlib, unda 52000 kishi haqida maʼlumot berilgan. Ushbu barcha Xotira kitoblari viloyat va shahar mehnatkashlarining 1941–1945-yillardagi urush davri faoliyati aks etgan tarixiy ocherk bilan boshlanadi. Kitoblarning asosiy qismida urushda halok boʻlgan va bedarak yoʻqolgan kishilarning familiyalari, ismi va otasining ismi, viloyati, shahar tumanlari hozirgi atalishi boʻyicha alifbo tartibida berilgan. Kitob oxirida berilgan ilovaga esa armiya safiga viloyat yoki shaharning qaysi tumanidan chaqirilganligi nomaʼlum boʻlgan jangchilar hamda kitob bosmaga tushib ketganidan keyin kelgan materiallar kiritilgan.
Bundan tashqari, halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan jangchilarning tugʻilgan yili, oyi va joyi, qaysi qismda xizmat qilgani, harbiy unvoni, qachon va qayerda halok boʻlgani yoki bedarak yoʻqolgan joyi, aniq boʻlsa qayerga dafn etilganligi koʻrsatilgan. Oʻtgan davr ichida Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi Markaziy Kengashi va uning hududiy boʻlimlariga murojaat etgan fuqarolarning vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirish haqidagi iltimoslarini inobatga olib, Mudofaa vazirligining joylardagi boʻlimlari bilan birgalikda, 1995-yili nashr etilgan “Xotira kitobi”ga kirmay qolgan 15590 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz nomi izlab topildi va “Xotira” kitobining qoʻshimcha yana bir jildi yuzaga keldi. Afsuski, 75 yil vaqt oʻtgan boʻlishiga qaramay, urushga ketgan ayrim kishilar taqdiri hanuzgacha nomaʼlum. Shu tufayli va boshqa ayrim sabablarga koʻra baʼzi familiyalar bu kitobga ham kirmay qolgan boʻlishi mumkin. Ularni qidirish hanuz davom etmoqda.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q