Xolislik


Saqlash
17:11 / 23.11.2023 0 1974

Xolislik (arabcha toza, sof, samimiy, xoli) – insoniy fazilatlardan biri boʻlib, atrofdagilarga begʻaraz, chin dildan, samimiy yaxshilik qilishni anglatuvchi tushuncha. Xolislik – hammaga bir xil nazarda boʻlish, biror manfaat yuzasidan, biror voqeaga nohaqlarcha yon bosmaydigan, voqea-hodisaga adolat yuzasidan samimiy, taʼmasiz yondashish. Biror amalni xokisorlik bilan bajarish yuksak olijanoblik nishonasidir. Xolislik fazilati aksariyat hollarda muxlis insonlarda mavjud boʻladi. Sharqning buyuk allomasi az-Zamahshariy xolislik qiluvchi xolis, halol-pokiza kishi doimo xotirjamu tinchlikda yashashini, birovga xiyonatu yomonlik qiladigan kishi esa halokatga giriftor boʻlishini taʼkidlagan. Shu maʼnoda, xolislik qilgan inson dunyodagi eng adolatli insondir. Farididdin Attorning “Tazkiratul avliyo” asarida yozilishicha, shayxlardan biriga bir kishi hadya keltirsa olmabdi (vaholanki, shariatga koʻra, hadyani rad etib boʻlmaydi), shayx shunday sharʼiati mashʼru (sharʼiatga muvofiq uzr aytibdi) keltiribdi: “Hadyangni qabul qila olmayman, chunki, sening doʻsting mendan taʼlim olmoqda, agar hadyangni olsam, shu moling sabab boʻlib doʻstingga nisbatan maylim ortgay”, deydi. Bu holatni shunday izohlash mumkinki, hammaga xolislik bilan birdek dars oʻtayotgan mudarris bir kishining hadyasi sababli uning doʻstiga mayli ortadi, uni boshqalarga nisbatan yaxshiroq oʻqita boshlaydi va shu joyda noxolislik paydo boʻladi. Chunki, xolislikni saqlab qoluvchi omil taʼmasizlikdir. Agar biror ishga manfaatdorlik, taʼma aralashsa u yerdan xolislik koʻtariladi. Demak, xolislikning ziddi minnat yuklash, noxolislik, gʻarazgoʻylik, taʼmagirlikdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 327
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 438
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 658
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235128
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114411
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68308
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57363
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51701
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40350
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39685
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39571
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//