Bilasizmi?
Xalq dahosi – xalq isteʼdodi, tafakkuri, aql-idroki, iqtidori, salohiyati, ilm-fan va iqtisodiyotdagi kuch-qudratining maʼlum bir tarixiy davrlarda yuksalishini namoyon qiluvchi xusyatni anglatuvchi tushuncha. Jahon xalqlari tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va taraqqiyotiga taʼsir qiluvchi bu xususiyat baʼzan bir vaqtning oʻzida bir qancha ilm-fan sohalarida oʻzini koʻrsata boshlaydi. Masalan, bundan ming yillar muqaddam Misrda bunyod etilgan muhtasham ehromlar; Xitoydagi tibbiyot va falsafa, jamiyatni boshqarish sohalarida erishilgan yutuqlar; Hindistondagi haykaltaroshlik, musiqa sanʼati va diniy taraqqiyot; Zardoʻsht paygʻambar (Avesto) davrida Xorazmda bunyod etilgan shaharsozlik, suvdan foydalanish inshootlari; Meksika va Perudagi osori atiqalar; turkiy xalqlarning harbu zarb (jang) sanʼati – bularning bari xalq dahosi zamirida dunyoga kelgan ijod namunalaridir. Xalq dahosi tufayli yaralgan yutuqlar, ijod namunalari natijasida insoniyat taraqqiyot sari qadam-baqadam ilgarilab boradi, ijtimoiy munosabatlarda, iqtisodiy hayotda, madaniy va maʼnaviy taraqqiyotda maʼlum yutuqlarga erishadi va hokazo. Agar bitta odamning isteʼdodi bevosita biron-bir kashfiyot yoki ixtiro bilan bogʻliq holda namoyon boʻlsa, xalq dahosi, xalq isteʼdodi ana shunday ixtiro va kashfiyotlarni jamuljam holda amalga oshirish, turmushda qoʻllash orqali amaliyotda namoyon boʻladi. Shuning uchun ham xalq dahosi yaratgan taraqqiyot namunalari, turmush afzalliklari, ilm-fan yutuqlari tarixiy davrlar manzarasida koʻproq idrok qilinadi.
Oʻzbek xalqi ham oʻzining koʻp ming yillik tarixi mobaynida kishilik jamiyati rivojiga xizmat qilayotgan, insoniyat xotirasida unutilmas olamshumul yutuqlarni namoyon etib kelayotgan xalq hisoblanadi. Xalqimizning vatansevarlik, harbu zarb, tashqi dushmanlardan himoyalanish sohasidagi isteʼdodi Toʻmaris, Shiroq, Alpomish, Jaloliddin kabi tarixiy-afsonaviy siymolarda oʻz tajassumini topdi. Jahon ilmu fani taraqqiyotiga mislsiz ulush boʻlib qoʻshilgan Maʼmun akademiyasi (Xorazm, Koʻhna Urganch, 997–1017-yillar) namoyandalari yaratgan asarlar keyinchalik matematika, falsafa, tibbiyot, kimyo, falakshunoslik, til va adabiyot fanlari sohasida moʻtabar manbalar boʻlib qoldi (Ibn Xammor, al-Jurjoniy, al-Beruniy, Ibn Sino, as-Sahriy, Hamid al-Xorazmiylar). Xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, diplomatiya, adolatli jamiyat barpo etishdagi salohiyati oʻrta asrlarda Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatida, uning harbiy dahosida oʻz tajassumini topgan boʻlsa, keyinchalik bunday isteʼdod uning nabirasi Boburshoh timsolida Hind zaminida yana bir bor boʻy koʻrsatdi.
Xalqimizning din va maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi iqtidori Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Imom Margʻinoniy, az-Zamahshariy kabi daholar faoliyati orqali namoyon boʻlsa, badiiy adabiyot, ilm-fandagi yuksak tafakkuri va isteʼdodi Muso al-Xorazmiy, Ulugʻbek, Navoiy, Rabgʻuziy, Abulgʻozi Bahodirxon, keyinchalik esa jadidchilik harakati namoyandalari faoliyatida, asarlarida aks etdi. Natijada xalqimiz dahosi tufayli yaralgan ijod namunalari, kashfiyot va ixtirolar bashariyat tafakkuri va xotirasining oltin xazinasiga bebaho ulush boʻlib qoʻshildi. Bizning qadimiy va boy tariximizni, ulugʻ ajdodlarimiz va ular qoldirgan beqiyos madaniy meros bashariyat madaniyati va rivojiga ulkan hissa boʻlib qoʻshilganini butun jahon tan oladi. Afsuski, mustabid tuzum davrida xalqimizning dahosi, ajdodlarimizning aql-zakovati tufayli dunyoga kelgan buyuk kashfiyot va ixtirolar, jahon ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissani eʼtirof etmaslik, baʼzan esa notoʻgʻri talqin qilinganiga guvoh boʻldik. Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning ilmiy, badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy merosi, ulkan davlatchilik tajribasi nafaqat mamlakatimiz miqyosida, balki butun dunyo jamoatchiligi tomonidan eʼtirof etilmoqda, keng targʻib qilinmoqda, buyuk mutafakkirlarimiz va sarkardalarimizning yubileylari dunyo miqyosida munosib nishonlanmoqda. Endilikda yosh avlod vakillari ilm-fan, madaniyat choʻqqilarini zabt etib, oʻtmishdagi ajdodlar erishgan yutuqlarini yanada boyitib, oʻzlarining qanday tafakkur sohiblariga voris ekanliklarini isbotlashlari kerak. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilgan. Qolaversa, davlatimiz rahbariyati yuritayotgan siyosat ham yosh avlodning har tomonlama yetuk, dono, bilimli, oʻtkir aql-tafakkur sohiblari boʻlib voyaga yetishini nazarda tutadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q