Musulmon sevgisi


Saqlash
22:12 / 06.12.2021 0 1429

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g‘azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin asir tushgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo‘ldi: o‘liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog‘da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko‘rdi.

 

Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko‘tarib, suvni ichtirmoqchi bo‘ldi. Yarador musulmon dudog‘ini suvga yetkuzar chog‘da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o‘zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:

 

— Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo‘ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.

 

Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog‘ida “Oh… suv!..” degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:

 

— Shu yo‘ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.

Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning “Oh… o‘ldim… suvsizlikdan” degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:

 

— Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! – dedi va o‘zi ichmadi.

 

Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o‘lib yotganini ko‘rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o‘lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o‘lib qolmasin deya yugurib ketdi:

 

— Ey, voh!.. Bu ham o‘lib qolibdi! – deb suvni to‘kdi.

Musulmonlarning o‘lim chog‘ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o‘ylab ko‘z yosh qildi.

 

Abdurauf Fitrat

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 19
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 366
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 607
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 554
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 888
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233946
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113296
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67695
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56568
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50983
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39429
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39239
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38761
“Avesto”

//