Bilasizmi?
Xalq (arabcha yaratilgan jonzot, odamlar) – keng maʼnoda, muayyan mamlakatning barcha aholisi, tor maʼnoda, tarixiy-etnoijtimoiy birliklarning turli shakllari, chunonchi, millat, elat, etnik birlik, urugʻ va hokazoni ifoda etuvchi tushuncha. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston xalqi deganda millati, dini, tilidan qatʼi nazar, mamlakatning barcha fuqarolari hamda shu yurtda doimiy ravishda istiqomat qilayotgan aholi tushuniladi. Ilmiy adabiyotda xalq atamasini baʼzan “etnos” tushunchasiga sinonim sifatida qoʻllash hollari ham uchraydi. Yunoncha “etnos” tushunchasi lugʻaviy maʼnoda xalq, qabila, kishilar guruhini anglatadi. Yunon tilidagi “demos” iborasi ham xalq tushunchasini anglatadi. Lekin bu ibora kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol qatnashuvchi qismini anglatsa, “etnos” tushunchasi muayyan joy, yaʼni hududda yashab, etnogenetik va tilning umumiyligi, moddiy va maʼnaviy madaniyatning mushtarakligiga asoslanuvchi xalqning lokal guruhini anglatadi.
Hozirgi paytda etnos atamasi faqat ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qoʻllansa, “Xalq” atamasi esa ilmiy istefoda bilan birga kundalik hayotning ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va maʼnaviy jabhalarida faol qoʻllanadi. Shu jihatdan etnos va xalq tushunchalari maʼlum maʼnoda bir-biriga yaqin boʻlsa-da, ammo mazmun-mohiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi. Tor maʼnoda ushbu atama el, elat, millat, aholi, xaloyiq, olomon, muayyan guruh vakillarini anglatadi. Xalq soʻzi muayyan lokal hududda istiqomat qiluvchi aholiga nisbatan ham qoʻllaniladi. Masalan, qishloq xalqi, shahar xalqi va hokazo. Kasb, muayyan mashgʻulot yoki maʼlum tabaqaga mansub boʻlgan kishilarga nisbatan oʻqituvchi xalqi, savdogar xalqi, dehqon xalqi kabi soʻzlar ishlatilishi uchraydi. Zamonaviy xalqaro huquqda ham xalq atamasi keng qoʻllanadi. Xalq birinchi marta xalqaro huquq subyekti sifatida 1945-yili BMT Ustavida “Xalqlarning tengligi va oʻz taqdirini oʻzi belgilash” tamoyilining mustahkamlanishi natijasida tan olingan. Hozirgi vaqtda xalqaro huquqda xalqlar huquqi turli konvensiya va deklaratsiyalarda oʻz aksini topgan. Shu bilan birga, xalqaro hamjam-t tomonidan umumiy tan olingan yagona “Xalq” tushunchasi hozirga qadar ishlab chiqilmagan, faqat xalqaro huquqda emas, balki etnografik adabiyotda ham “Xalq” tushunchasiga oid bahs-munozaralar XIX asrdan buyon davom etib kelmoqda.
Xalq soʻziga berilgan koʻpgina tavsiflardan kelib chiqib (xalqaro huquq doktrinasida 100dan ortiq tavsiflar mavjud) shunday taʼriflash mumkin: Xalq maʼlum bir davlat fuqarolarining umumiy birligini anglatishi bilan bir qatorda, muayyan hududda tarixan tarkib topgan, boshqa guruhlardan oʻz tili, ruhiy-psixologik holati va madaniyati, shuningdek, umumiy ongi va nomlanishi bilan farq qiluvchi siyosiy yoki etnoijtimoiy birlik yigʻindisidir. Xalq atamasi gohida millat tushunchasiga sinonim sifatida ham ishlatiladi. Oʻzbek xalqining tarixiy shakllanish jarayoni etnotarixiy makon bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ushbu zaminda xalq sifatida rivojlanib kelayotgan etnik birlikdir. Darhaqiqat, tarixiy ildizlari mustahkam boʻlmagan xalq etnosiyosiy maydonda yirik, qudratli bir davlatchilikni shakllantirib, kelajak avlodlarga milliy davlatchilik negizlarini, osmonoʻpar madaniy yodgorliklarni meros sifatida qoldira olmas edi. Shu jihatdan ham oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni va rivojlanish bosqichlari ushbu zamin bilan mustahkam bogʻliklikda boʻlib, qadimiydir.
Xalq manfaatlari – jamiyat faoliyati va hukmini belgilaydigan asosiy omil sifatida xalqning maqsadlarini ifodalovchi tushuncha. Xalq manfaatlari, avvalo, uning jamiyat ijtimoiy hayotidagi, ishlab chiqarishdagi oʻrni va mavqei bilan belgilanadi. Xalq manfaatlari moddiy va maʼnaviy manfaatlarga boʻlinadi. Ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Zero, maʼnaviy manfaatlar moddiy manfaatlarni, uning xususiyatlarini belgilab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Biz ayrim mamlakatlardan moddiy jihatdan orqada boʻlsakda, ammo yuksak va boy tarixiy meros va qadriyatlarimiz orqali maʼnaviy jihatdan yuqori ekanligimizni eʼtirof etishimiz lozim. Xalq manfaati bilan yaqin va turdosh tushuncha xalq ehtiyojidir. Ehtiyojsiz manfaat boʻlishi mumkin emas. Ular oʻrtasida koʻp oʻxshashlik va umumiylik bilan bir qatorda tafovutlar ham mavjud. Ehtiyojlar bevosita obyektga yoʻnaltirilgan boʻlsa, manfaatlar shu ehtiyojni qondirish vositasidir. Jumladan, maʼnaviyat ham, ehtiyoj ham manfaat sifatida xalq manfaatlariining ajralmas qismidir. Shuningdek, maʼnaviyati manfaatiga uygʻun boʻlgan jamiyat rivojlanuvchan jamiyat hisoblanadi.
Bilasizmi?
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q