Xayriya


Saqlash
17:11 / 20.11.2023 0 1186

Xayriya (arabcha yaxshilik qilish, muhtojlarga yordam berish) – xislat va foydali harakat, boshqalarga yaxshilik qilish, kambagʻallarga yordamlashish; yakka shaxslar va tashkilotlar (umuman, davlat, xususan, korxonalar, firmalar, jamgʻarmalar va boshqalar)ning kambagʻallar, kam taʼminlanganlarga rahm-shafqat yuzasidan moddiy yordam koʻrsatishni ifodalovchi tushuncha. Islom aqidalariga koʻra, xayriya islom paydo boʻlganidan boshlab targʻib etiladi. Xayriya imkoni bor har bir moʻmin-musulmonning sharafli burchidir. Islom dunyosida masjidlar muhtojlarga yordam koʻrsatish ishida, shuningdek, xayriya qilishda (kambagʻal, kam taʼminlangan, beva-bechoralarga moddiy yordam koʻrsatishda), bemorlar, yetim-yesirlar, nogironlar va keksalar holidan xabar olishda faol qatnashib kelgan hamda fuqarolarni bunga daʼvat etgan. Asta-sekin xayriya faqat diniy emas, balki dunyoviy koʻrinish ham kasb eta boshladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, koʻpgina hukmdorlar, amaldorlar orasida ham saxovatpeshalar boʻlgan. Xususan, sohibqiron Amir Temur, uning nabirasi Ulugʻbek shunday hukmdorlardan sanaladi. Alisher Navoiy, Hoja Axror Valiy oʻz zamondoshlari orasida eng saxovatli kishilardan hisoblanganlar. Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida xayriya ishlari va maxsus xayriya jamgʻarmalari taʼsis etish amaliyoti keng qoʻllanilmoqda. Xayriya hasharlari, “Mahalla”, “Sen yolgʻiz yemassan” va boshqa xayriya jamgʻarmalari shular jumlasidandir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 353
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 590
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 531
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 868
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113289
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56482
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38667
“Avesto”

//