Xayol


Saqlash
16:11 / 20.11.2023 1 20236

Xayol (arabcha oʻylash, tasavvur qilish) – maʼnaviy hodisa, tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri. U insonning ruhiy faoliyatida, muayyan darajaga ega boʻlgan muammoli vaziyat vujudga kelishida hamda uning hal qilinishida ishtirok etadi. Binobarin, xavfsizlik ham ruhiy faoliyatning bir turi hisoblanadi. U hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur hamda oʻydagi holatlarning vujudga kelishidan tarkib topadi. Xayol muayyan hissiy timsollarga yoki borliqning aniq andozalariga tayanadi. Xayol uchun zamon va makon borasida chegara yoʻq. Xayol hamisha voqelikdan oldinda yuradi va uni olgʻa yetaklaydi. Kashfiyotga olib keluvchi gumon, faraz va sezgi ham xayolsiz boʻlmaydi. Boshqacha aytganda, xayol voqelikni mohiyatiga koʻra umumlashgan holda idrok etish hodisasidir. Amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularni timsollar tariqasida vujudga keltirish xayolning asosiy vazifasi hisoblanadi. Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy bogʻliqlikda hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining toʻlaroq roʻyobga chiqishiga yordam beradi. Psixologiyada sust (passiv), faol (aktiv), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy xayol turlari toʻgʻrisida yetarli maʼlumotlar mavjud. Xayolning analitik va sintetik xususiyati boʻyicha ikki tendensiya mavjud. Analitik holat xayolning mazmunini, predmetini tubdan yangi obrazlar, timsollar asosida yaratishdan, atrof-muhitning ifodasi yangi, bezakli, jiloli ekanini qayd qilishdan iboratligini tan olishdir. Ikkinchi tendensiya biosfera, noosfera toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tasavvurlar, taʼsirlanish, tajribalar ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida qaytadan tiklanish orqali xayol mahsuli sifatida saqlanib keladi, degan gʻoyaga asoslanadi. Har ikkala tendensiya uygʻunlashuvi orqali ijodiy va tiklovchi xayol farqlanadi.

 

Xalqimizda “Xayolning uchqur oti” degan ibora bor. Bu otga minib, bir zumda olis Amir Temur zamonida boʻlish, Navoiy hazratlari davridagi Hirotni koʻz oldiga keltirish yoki kelajakka safar qilish mumkin. Kishilar qadim zamonlarda tabiat hodisalarining qudratini eʼtirof etib, Quyosh, Suv, Olov kabi buyuk kuchlarni xayol orqali insonlar, hayvonlar, qushlar qiyofasida tasavvur qilganlar. Xayoldagi tushuncha va timsollarni butunlay asossiz, haqiqatga xilof, deyish mumkin emas. Chunki inson qadimdan to hozirgacha xayol orqali voqelikning turli qirralarini oʻrganib kelmoqda. Xayol olamni bilishning, voqea-hodisalar mohiyatini, ichki xususiyatlarini oʻrganishning kuchli qurolidir. U insonga real hayot hodisalari zaminidagi mohiyatni, ichki aloqadorlikni tushunishga, kelajakni oldindan koʻrishga, yuksak ideallar uchun kurashishga hamda ehtimol tutilgan falokatlarning oldini olishga yordam beradi. Va aksincha, shuni ham eʼtibordan soqit qilmaslik zarurki, real zamondan, real sharoitdan ajralgan, yuksak ideallarga zid xayol insoniyatni yanglishtirishi, toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishi mumkin. Buni xom xayol desa boʻladi. Fashizm ana shunday xom xayoldan kelib chiqib nemis xalqi boshiga, umuman, insoniyatga katta talafot yetkazdi. Xuddi shunday kommunistik utopiya ham kishilik jamiyatiga naqadar falokat keltirgani va hamon keltirayotgani koʻpchilikka ayondir.

1 Izoh

jo'rabek

00:01 / 11.01.2024

hammasi yaxshi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 412
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 468
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 280
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 258
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226671
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108943
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56367
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41634
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41002
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32299
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31228
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30982
Alpomish

//