Xavfsizlik


Saqlash
17:11 / 17.11.2023 0 2711

Xavfsizlik – ustuvor darajada siyosat, geosiyosat makoniga nisbatan qoʻllanadigan, tom maʼnoda maʼnaviyat, insonlararo hamjihatlik, oʻzaro muruvvatning ifodasi boʻlgan tushuncha. Xavfsizlik global maʼnaviylashuvning yaqqol koʻrinishi sifatida ijtimoiy sohalarning barchasidan oʻrin olgan taqdirdagina, haqiqiy xavfsizlik muhiti vujudga kelganiga ishonch hosil qilish mumkin. XXI asrga kelib, xavfsizlikda maʼnaviy jihatning oʻrni - kuchayishiga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda. Oliy xilqat sifatida insonning oʻzi ulugʻ burchini toʻlaqonli his etishi, millionlab yurtdoshlari, zamondoshlari taqdiri uchun javobgarlikni anglashi xavfsizlikga boʻlgan talab bilan uygʻunlashib bormoqda. Zarur darajada xavfsizlik taʼminlanishi uchun bugungi kunda shaxsning oʻz nomidan yoxud oʻz manfaatlaridan kelib chiqib jarayonda ishtirok etishi, oʻz xavfsizligi uchun faqat oʻzi qaygʻurishi kamlik qiladi. Yaʼni har bir fuqaro oʻz yurtdoshlari va shubhasiz, dunyodagi barcha insonlar xavfsizligi uchun kuyinishi, yaʼni oʻzgalar, zamondoshlar nomidan ish koʻrishi lozim. Zero, XXI asrdagi keskin oʻzgarishlar oqibatida bir shaxsning xavfsizligi boshqalarning xavfsizligiga daxldorlikka aylandi.

 

Alohida taʼkidlash joizki, oʻtgan asrlarda xavfsizlik asosan siyosiy chora-tadbirlar, qarorlar va faoliyat orqali taʼminlanib turilgan. Uning zamirida esa oʻsha paytlardagi muayyan vaziyat, xalqaro munosabatlar shakli yotgan. Bugun esa xavfsizlik tobora maʼnaviy jihat kasb etib bormoqdaki, insonning yashashga, avlod qoldirishga boʻlgan haq-huquqini asrashi, uning oʻzidagi intellektual, maʼnaviy va ilohiy salohiyatni, kuch-qudratni roʻyobga chiqarishi paysalga solib boʻlmaydigan global maqsadga aylanmoqda. Xavfsizlikni maʼnaviyat nuqtai nazaridan tahlil qilish, uning olam bir butunligi, yaxlitligining tayanchi ekanini eʼtirof etishga olib keladi. Xavfsizlik insonning, millatning moddiy-maʼnaviy imkoniyatlarini, bilimi, tafakkurini roʻyobga chiqarish imkoniyatidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 376
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 331
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 668
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 404
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 580
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233264
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112946
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66248
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55587
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49940
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39216
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38468
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37435
“Avesto”

//