Fohishabozlik


Saqlash
16:11 / 15.11.2023 0 1195

Fohishabozlik – oʻz tanasini (asosan, ayollar) sotish bilan shugʻullanish. Fohishabozlik inson maʼnaviy-ruhiy olamidagi buzilishning amaliy ifodasi boʻlsa, fohishabozlik shu ishni oʻziga ermak, koʻngilxushlik, rohatlanish vositasiga aylantirishga odatlanishni anglatadi. Shuningdek, axloqi buzuq kimsalarni uyushtirib, fahsh ishlarni tashkil qilish ortidan kun koʻruvchilar ham fohishabozlar deb ataladi. Fohishabozlik aslida antik dunyoda paydo boʻlgan. Hozir baʼzi mamlakatlarda taqiqlangan yoki cheklab qoʻyilgan boʻlsa, ayrimlarida rasman ruxsat etilgan. Jinoyat qonunchiligida zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib yoki aldash yoʻli bilan fohishabozlikka jalb qilganligi uchun javobgarlik belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 131-moddasiga koʻra, fohishaxona tashkil etish yoki saqlash, shuningdek, gʻarazli yoki boshqa tuban niyatlarda qoʻshmachilik qilishga nisbatan jinoiy jazo qoʻllanadi. Fohishabozlik maʼnaviyatsizlik koʻrinishi sifatida har qanday jamiyatda qoralangan. Islom va boshqa dunyoviy dinlarda bunday salbiy holat laʼnatlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 109
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 178
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 416
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 652
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 616
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234112
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113401
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67851
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56777
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51192
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39474
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39327
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39025
“Avesto”

//