Fenomenalizm


Saqlash
17:11 / 13.11.2023 0 1105

Fenomenalizm (yunoncha phainomenon – yuz beruvchi) – noyob, kamyob, kam uchraydigan holat yoki inson, his-tuygʻu tajribasi bilan payqaladigan, yorqin hodisani anglatuvchi tushuncha bilan bogʻliq boʻlgan falsafiy taʼlimot. Bunda faqat hodisalargina (fenomen) bilishning obyekti hisoblanadi. Fenomenalizm rivojlanishi natijasida olamni gʻoyalar yoki “sezgi komplekslari” majmui, deb biluvchi (J.Berkli) hamda sezgilar zamirida nima borligini bilish mumkin emas, deydigan agnostitsistik (D.Yum) yondashuvlar paydo boʻladi. Fenomenalizm hodisalar olamida tashqaridagi mavjudlikni (“gʻoya”, “mohiyat”, “narsa oʻzida”ni) eʼtirof etib, uni qanday boʻlsa shundayligicha, “oxirigacha” bilib boʻlmaydi deb taʼlim beradi. Fenomenalizmdagi bunday qarash skeptitsizm va agnostitsizm (I.Kant, O.Kont, G.Spenser va boshqa) taʼlimotlariga xosdir. Hozirgi zamon pozitivizmida fenomenalizm lingvistik shaklda namoyon boʻlmoqda. Uning asosiy tezisi tajribani “obyektiv” yoki “fenomenalistik” tilda ifodalash mumkinligidan iborat. Ilgarilari narsalar haqidagi mulohazalarni ongning mazmuni haqidagi qarashlardan iborat qilib qoʻyish batamom mumkinligini eʼtirof qilgan baʼzi neopozitivistlar soʻnggi vaqtda bu urinishlarning behudaligini anglay boshladi. Haqiqiy falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, fenomenalizmning boshlangʻich tezisi asossizdir, chunki unda bilish voqelik va amaliyotdan ajratib qoʻyilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 152
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 250
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 463
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234247
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113478
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67969
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56988
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51409
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39553
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39412
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39326
“Avesto”

//