Faollik


Saqlash
16:11 / 10.11.2023 0 4253

Faollik (arabcha tez, shiddatli harakat) – shaxsning hayotda maʼlum bir maqsad yoʻlidagi ilgʻor va intiluvchan xatti-harakatlarni namoyon etishini anglatuvchi tushuncha. Jamiyatning taraqqiyot bilan doimiy munosabatini ushlab turuvchi, insonning oʻz-oʻzini anglab, har bir harakatini maʼnaviy faoliyatiga muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos boʻlgan eng muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Jamiyatdagi oʻzgarishlarga aynan faollikka insonlarning taʼsiri katta boʻladi. Shuning uchun ham shaxs, uning ongi va oʻz-oʻzini anglashi muammolari – uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlaridagi ishtiroki va uni uddalashi kabi bir-biri bilan aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.

 

Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: a) tashqi faollik – bevosita koʻrish, qayd qilish mumkin boʻlgan harakatlar, mushaklarning harakatlari orqali namoyon boʻladigan faollik; b) ichki faollik – bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim oʻzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita ruhiy jarayonlar, yaʼni aslida koʻrinmaydigan, lekin faoliyat kechirishiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼnaviy omillarni oʻz ichiga oladi. Misol uchun, uzoq ayriliqdan soʻng ona oʻz farzandi bilan uchrashdi. Ularda qandaydir oʻziga xos faol maʼnaviy ichki jarayon kuzatiladi. Tashqi jihatdan esa, faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini silashi, koʻzlaridan oqqan sevinch yoshlarida koʻramiz. Tashqi faollik xatti-harakatlarda koʻrinayotgan boʻlsa, ichki faollik koʻz bilan ilgʻab boʻlmaydigan emotsional holatlarda namoyon boʻladi. Bir qarashda har bir shaxs va uning ehtiyojlariga bogʻliq boʻlib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega boʻlib, shaxsning jamiyat bilan boʻladigan murakkab hamda oʻzaro moddiy va maʼnaviy munosabatlarining oqibati hisoblanadi. Olimlarning fikricha, shaxs faolligining manbai uning turli-tuman ehtiyojlaridir. Ehtiyoj – bu individning rivojlanishi hamda jismoniy va maʼnaviy jihatdan oʻzini faol darajada namoyon qilishining tabiiy va ijtimoiy sharoitlarga bogʻliq boʻlgan omilidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 317
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 726
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 960
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231715
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111946
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64122
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53791
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48723
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38708
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37347
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 35352
“Avesto”

//