Urush


Saqlash
15:11 / 09.11.2023 0 1890

Urush – qurolli kuchlar asosiy hal qiluvchi vosita sifatida qoʻllanadigan qurolli kurashni anglatuvchi atama. Bundan tashqari, urushda iqtisodiy, diplomatik, mafkuraviy va boshqa barcha vositalar ishga solinadi. Mamlakat ichida ham turli ijtimoiy qatlamlar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash kelib chiqishi mumkinki, bu fuqarolar urushi deyiladi. Urushlar, shuningdek, adolatli va adolatsiz turlarga boʻlinadi. Oʻz mamlakatining mustaqilligi va ozodligi uchun olib boriladigan urush adolatli, boshqa xalq va mamlakatlarni gʻarazli niyatlarda bosib olishga qaratilgan urushlar adolatsiz urushlar hisoblanadi. XX asrda yuz bergan ikki jahon urushi asosan Yer yuzini taqsimlash va qayta taqsimlashga qaratilgan adolatsiz urushlar edi va ularda oʻn millionlab odamlarning yostigʻi quridi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq tinch-totuv yashash, boshqalarning ishiga aralashmaslik, mamlakatlararo ziddiyatlarni tinch yoʻl bilan hal qilish siyosatini izchil ravishda olib bormoqda. Butun tarix davomida urush siyosatni kuch ishlatish orqali davom ettirish tamoyili boʻlib keldi. Bugungi kunda yadro va boshqa harbiy qurollar mislsiz rivojlangani tufayli urush mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va boshqa maqsadlariga erishish vositasi sifatida hech bir mazmunga ega boʻlmay qolsada, dunyoning turli burchaklarida urush harakatlari va qurolli toʻqnashuvlar, harbiy mojarolar toʻxtayotgani yoʻq. Zamonaviy voqelik shundayki, keng miqyosdagi biror-bir urush butun insoniyat hayoti uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston yaxlit xalqaro xavfsizlik tizimini yaratish, tinch-totuv yashash uchun yangi tashabbuslar bilan chiqmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 208
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 223
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 136
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 237
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 267
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236271
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115085
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68724
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57887
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52273
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41103
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39948
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39910
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//