Atirgul to‘g‘nog‘ichli qiz


Saqlash
14:12 / 06.12.2021 0 1359

Bir yosh dengizchi yigit tasodifan maktub oldi. Tasodifiy maktub umidsiz yurgan dengizchining ishonchini qaytardi. Ko‘ngli bir hamdardga zor bo‘lgan yigit unga javob yozdi. Garchi ular bir-birini tanimasalarda, o‘zaro maktub almashardilar. Hamdardining ismi Roza ekan. Shu tariqa, ular uch yil davomida xat yozishdilar. Dengizchi har bir maktubni qadrlar va Rozasiz yashay olmasligini tan olardi. Ikkisi bir-birini ko‘rmagan bo‘lsalar-da, o‘rtada kuchli muhabbat paydo bo‘ldi. Bu sevgiga albatta faqat so‘zlar, xatlar asos bo‘lgandi.

 

Dengizchining xizmati yakuniga yetgach, ular markaziy vokzalda ko‘rishishga ahd qilishdi. Bir-birini tanib olishlari uchun Roza atirgulli to‘g‘nog‘ich taqib olishini bildirdi. Dengizchi yo‘l bo‘yi o‘ylanib ketdi: u Rozaning suratini sira ko‘rmagan. Hatto yoshi nechadaligi, semiz-oriqligi, malla yo qorasochligini ham bilmaydi. Shunday bo‘lsada, usiz yasholmasligini bilardi.

 

Yigit vokzalga kelib uni kuta boshladi. Belgilaganlaridek, soat beshga bong urgach, u ko‘rindi. Ko‘ylagining yoqasiga atirgulli to‘g‘nog‘ich tang‘ib olgan bir ayol. Uning yoshi taxminan oltmishda edi. Dengizchi ayolni ko‘riboq ortiga o‘girildi. Shu zahoti qaytib ketishni o‘yladi. Ammo ketolmadi… u uch yil ichida o‘ziga qadrdon bo‘lib qolgan ayolni tashlab ketolmadi. Axir u umidsiz kunlarida do‘st bo‘lgan, bayramlarda sovg‘alar jo‘natgan, uchrashish yodi bilan yashashga undagan… Ayol har qanday e’zozga loyiq! Yigit darhol uning qarshisida paydo bo‘ldi va tiz cho‘kib qo‘lidan o‘pdi. Keksa ayol kulib qo‘ydi ortida berkinib turgan qizga imo qildi:

 

–Adashdingiz, yaxshi yigit, mana, haqiqiy Roza!

 

Yigit unga uyalib boqib turgan o‘ziga tengdosh go‘zal bir qizni ko‘rdi va ajablandi. Keksa ayol unga tushuntirdi:

 

–Roza o‘zining o‘rniga uchrashuvga chiqishimni so‘ragandi. Agar sen meni ko‘rib ketib qolganingda… barchasi tugardi. 

 

Dengizchining muhabbati haqiqiyligiga ishongan Roza unga qo‘llarini uzatdi. Ikkisi uzoq va baxtli hayot kechirishdi. 

 

Nodirabegim tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 298
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 404
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 623
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114276
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68207
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57222
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51607
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40146
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39613
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39503
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//