Umr yoʻldoshlarning munosibligi


Saqlash
15:11 / 08.11.2023 0 753

Umr yoʻldoshlarning munosibligi – umr yoʻldoshlarning biologik, psixologik, psixofiziologik holati, xususiyatlari, didi, madaniyati, xulqiy va boshqa jihatlarining mos kelishini ifodalovchi ibora. Umr yoʻldoshlarning munosibligi oila qurgan ikki kishiga xos jihatlarning uygʻunligi va oʻxshashligini taqozo etadi. Inson zoti (genetikasi) nuqtai nazaridan kishilar 16 xil juftlikni tashkil etadi. Umr yoʻldoshlari bir-biriga munosib boʻlmaganida, immunogenetik mos emasliklari tufayli farzand koʻrmaganliklari sabab boʻlishi mumkin. Boshqacha juftlikda nasliy kasalliklarning takrorlanish xavfi kuchayadi (eng asosiysi – ona va homilaning rezus nomutanosibligi va juftlikning ota-onalari). Shifokorlarning taʼkidlashicha, kishilarning 10 foizi umuman genetik toʻlaqonli emas va nikohdan oʻtmasliklari kerak. Eng maqbul juftlikka psixologik temperamentlarning qutbliligida erishiladi. Bundan tashqari, intellekt darajasi ham teng kelishi lozim. Nikohga eng koʻp moslashuvchanlar ochiq xarakterdagi, hayotdan zavqlanuvchi, oʻzaro munosabatlarda mehribon kishilar hisoblanadi. Lekin bu sifatlar haddan ziyod yoki juda yuqori darajada boʻlsa, unda bundaylar oila tuzishga noqobil boʻladilar. Serfikr, ezma kishilar, oʻz qadr-qimmatlarini yuqori tutuvchi, jismoniy yoki intellektual kamchiligi bor kishilar oilaviy hayot uchun toʻgʻri kelmaydi. Amaldagi ajralishlarda umr yoʻldoshlarning bir-biriga mos emasliklari yotadi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan oila maslahati, oila xizmati boʻlimlari psixologik va boshqa usullar yordamida, koʻpgina kishilarni nomutanosib umr yoʻldoshilik azobidan saqlab qolishlari va muvaffaqiyatli oila qurishga koʻmaklashishlari mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 332
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 353
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115311
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68929
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58420
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52486
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41462
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40119
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40113
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//