Qishda immunitetni ko‘tarish choralari


Saqlash
20:12 / 05.12.2021 0 2140

 

Sizda immunitet qay darajada ekanligini kasallikning davom etish muddati yoxud jarohatning bitishiga qarab aniqlash mumkin. Jarohat tez bitsa, tumov tez chekinsa, demak, organizmingizda immunitetlilik darajasi yuqori. Lekin xastalik asoratli bo‘lsa, jarohat sekin bitsa-chi? Unda siz immunitetni ko‘tarish uchun harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi.

 

Nega immunitet pasayadi?

1. Tez-tez takrorlanib turadigan  ruhiy zarbalar (stress);

2. Organizmda to‘planib qolgan, biologik faol minerallar va vitaminlarning kamayib ketishiga sabab bo‘ladigan ovqat chiqindilari;

3. Antibiotiklarni keng qo‘llash;

4. Atrof-muhitdagi zararli kimyoviy moddalarning ko‘pligi;

5. Dori-darmonlardan noto‘g‘ri foydalanish;

6. Og‘ir jarohatlar va jarrohlik operasiyalari hayot jarayonida yuzaga keladigan immunodefisit holatiga sabab bo‘ladi.

 

Vitaminlar manbaasi

Tarkibida A vitamini bo‘lgan mahsulotlar immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega. A vitaminining organizmdagi asosiy vazifasi immun tizimini boshqarish va ko‘rish qobiliyatini me’yorlashtirishdan iborat. Asosan, baliq mahsulotlari A vitamini bilan to‘yingan bo‘lib, bolalar organizmi uchun foydasi katta. Tuxum, jigar va sut mahsulotlarida ham A vitamini mavjud.

Gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyalar yuqqanda vitaminga boy mahsulotlardan iste’mol qilish ularning tezda bartaraf etilishiga olib keladi. Na’matak tarkibida vitaminlar juda ko‘p. 

 

Uy sharoitida

Immunitetni ko‘tarish asli kasallikning oldini olishdir. Buning uchun har kuni nahorga 1-2 dona qizil sabzi, 2 dona apelsin yoki olma, tushlik paytida yarim bog‘ selder yoki kashnich, salat bargi, yotishdan oldin 1 piyola qatiq iste’mol qilish foydaliroq. Petrushka, selder, shivit, salat bargi tanaga quvvat beruvchi, yuqumli kasalliklardan himoyalovchi ta’sirga ega.

Immunitetni ko‘tarishda hamda asab tizimini mustahkamlashda asalga teng keladigani yo‘q. Yotishdan oldin 1 oshqoshiq asal yeb, ortidan qaynatilgan iliq suv ichiladi. Yoki sedanani yanchib, asalga aralashtiriladi va har kuni nahorga no‘xatday miqdordagisi iste’mol qilinadi.

 

Foydali mashg‘ulotlar:

*Hammomga borish

*Sayr qilish

*Qiziqarli va quvnok kitob o‘qish

*Kino, teatr va konsertga borish

*Sport bilan shug‘ullanish

*Do‘stlar bilan suhbatlashish

*Meva va sabzavotlarni iste’mol qilish

*Chiniqtiruvchi muolajalarni boshlash

*Bo‘shashtiruvchi mashqlar bajarish

*Sizni qiziqtiruvchi xobbingizga vaqt ajratish.

 

Har qanday foydali va yoqimli muolajalar yaxshidir. Ularning barchasi immunitetni ko‘taradi. Xursandchilik butun organizmning ishini yaxshilab, immunitetni mustahkamlanishiga yordam beradi. Chekish va alkogoldan yiroq bo‘ling. Ular immunitetni keskin pasaytiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 208
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 223
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 136
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 239
Vafo va vafot

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 267
Hadaha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236271
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115085
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68724
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57887
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52274
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41103
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39948
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39910
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//