Tinch-totuv yashash


Saqlash
16:11 / 03.11.2023 0 1195

Tinch-totuv yashash – insonlar, millatlar, davlatlar va boshqalar orasidagi murosa va oʻzaro hamkorlikka asoslangan turmush tarzi. U turli ijtimoiy tuzumga mansub mamlakatlar oʻrtasidagi xilma-xil munosabatlarda urushdan voz kechishni, nizoli masalalarni urush vositasi bilan emas, balki muzokaralar yoʻli bilan, ularning ichki ishlariga aralashmasdan, bir-birlarining oʻzaro qonuniy manfaatlarini hisobga olib ish tutishni taqozo qiladi. Bu tushuncha xalqlarning oʻz taqdirlarini oʻzlari mustaqil hal etishlari, davlatlar suvereniteti va hududiy daxlsizligi hamda ularning chegaralari mustahkamligini qatʼiyan hurmat qilishni, teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosiga qurilgan hamkorlikni anglatadi. Tinch-totuv yashash umumeʼtirof etilgan xalqaro huquq va shartnomalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni halol bajarishni taqozo etadi. Bular esa, oʻz navbatida, alohida xalqlar maʼnaviyatida tinch-totuv yashash ehtiyoji, ruhiyatining qanday darajada ahamiyat kasb etishi bilan belgilanadi. Tinch-totuv yashash jahondagi barcha odamlar, davlatlar va xalqlar manfaatlariga javob beradi, ular oʻrtasidagi hamkorlikning rivojlanishi uchun, fan va texnika yangiliklari, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar bilan oʻrtoqlashish uchun sharoit yaratadi. Bunday yashash tarzi xalqlarni tashqi xavf-xatardan qoʻriqlab, milliy va ijtimoiy taraqqiyot yoʻlidan mustaqil rivojlanishini taʼminlaydi, juda koʻp imkoniyatlar va kishilar mehnatidan bunyodkorlik maqsadlarini koʻzlab, global muammolarni hal qilish uchun sharoit yaratib beradi. Tinch-totuv yashash yoʻli davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda eng maqbul yoʻl ekanini hayot tobora teran isbot qilib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38917
“Avesto”

//