Tashqi koʻrinish


Saqlash
16:11 / 01.11.2023 0 4720

Tashqi koʻrinish – insonning kim va qanday ekanligi haqida dastlabki maʼlumot beruvchi, uning turmush tarzi va hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan tashqi holati. Aksariyat hollarda insonning tashqi goʻzalligiga nisbatan yuzaki munosabat bildiriladi; tashqi goʻzallik shaxsning chinakam oʻligini namoyon qilishiga toʻsqinlik qiluvchi, oʻtkinchi hodisa sifatida qaraladi. Hozirgi davr bunday fikrlarni qisman rad etadi. Chunki, insonning tashqi goʻzalligi nafaqat oʻziga, balki boshqalarning faoliyatiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Zero, tashqi koʻrinish:

1. Odamning oʻtayotgan kunini sermazmun va xayrli qiladi, kayfiyatini koʻtaradi;

2. Insonning hayotdan bahramand boʻlish onlarini shirin qiladi va unga zavq bagʻishlaydi;

3. Odamni ochiq koʻngilli, sertakalluf va olijanob etadi;

4. Insonning hurmatini oshiradi va uning kelajagini belgilaydi.

 

Inson oʻzining tashqi koʻrinishiga koʻproq eʼtibor qaratadi. Bu, odatda, chiroyli kiyinish, oʻziga oro berish orqali namoyon boʻladi. Insonning bunday intilishlari uning oʻz xohish-istagi va ixtiyori bilan amalga oshirilayotgani bois obyektiv yoki subyektiv taʼsirlar bu faoliyatga keskin qarshilik qila olmaydi. Moda ham aslida insonning oʻz tashqi koʻrinishini takomillashtirish zarurati natijasida yuzaga keladi, deyish mumkin. Insonning muomala odobi uning tashqi koʻrinishi uchun ustuvor boʻlmasa-da, lekin uni bir qadar yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Biroq, har qanday holatda ham tashqi koʻrinishda meʼyor asosiy oʻrinni egallamogʻi lozim. Tashqi goʻzallikni takomillashtirish botiniy goʻzallikni poymol etish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Aks holda, tashqi koʻrinishni takomillashtirishga nisbatan bunday yondashuv inson goʻzalligining mukammallashuviga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Hozirgi paytda tashqi koʻrinishni takomillashtirishning biologik va tibbiy vositalari mavjud. Shuningdek, dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida koʻplab estetik markazlar tashkil etilgan boʻlib, bu markazlar tashqi koʻrinish borasida amaliy ahamiyatga doir tadbirlar ishlab chiqib, tashqi koʻrinishning anʼanaviy usullarini zamon talablari bilan uygʻunlashtirishga harakat qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 78
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 142
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 395
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 624
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 584
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233987
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113336
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67780
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56688
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51097
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39450
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39292
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38917
“Avesto”

//