Tashabbus. Tashabbuskorlik


Saqlash
16:10 / 30.10.2023 0 1108

Tashabbus – biror ishni boshlash, daʼvat etish bilan bogʻliq xatti-harakat, gʻayratni anglatuvchi tushuncha. Inson maʼlum bir maqsadlarga intilish bilan hayot kechirar ekan, turli sharoitlarda ish olib boradi. Ana shunday sharoitlarda koʻzlangan maqsadni anglab yetish va unga erishishning ilgʻor yoʻllarini topishga intilish tashabbusni keltirib chiqaradi. Maʼnaviy nuqtai nazardan tashabbus inson dunyoqarashining tetikligi, sogʻlomligini, qiyinchiliklarni yengib oʻtishga qodirligini ifodalab, hayotga koʻtarinki ruh va ijobiy kayfiyatda munosabatda boʻlishni anglatadi. Tashabbus har bir insonga, guruhga, millat va xalqqa tegishli boʻlishi, rasmiy, norasmiy, obyektiv va subyektiv, yashirin va ochiq, funksional va nofunksional, nazariy va amaliy, ijobiy yoki salbiy kabi koʻrinishlarda roʻy berishi mumkin. Tashabbusning inson maʼnaviyatiga taʼsiri odamlarni xayrli va ezgu ishlarga safarbar qilish, uyushtirish xususiyatida yaqqol koʻzga tashlanadi.

 

Tashabbuskorlik – faoliyat jarayonida biror ishni boshlash, daʼvat etish, ijodiy yondashishda namoyon boʻladigan shaxs xususiyatini anglatuvchi tushuncha. Tashabbuskorlik belgilangan maqsad yoki ish, harakatni amalga oshirishda oʻziga xos uslubdan foydalanish va uni shu maqsad yoki ishga aloqador barcha kishilar tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erishishni ham ifodalaydi. Tashabbuskorlik kasbga, sohaga, individual yoki ijtimoiy masala kabilarga qaratilgan boʻlishi, moddiy, maʼnaviy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va hokazo maqsadlarni ifodalashi mumkin. Yoshlar maʼnaviyatida tashabbuskorlikni shakllantirish zamon talabidir. Bu sohadagi adabiyotlarni oʻrganish shuni koʻrsatadiki, masalan, bola shaxsining tashabbuskorligi, ijodiy imkoniyatlari yuqori boʻlishi bir-biri bilan uzviy aloqador boʻlgan bir qator omillarga bogʻliq. Bola irsiyati, asab tizimi, temperamenti va bilish jarayonlari xususiyatlari bilan birga, uning shaxsi shakllanayotgan ijtimoiy psixologik muhit xususiyatlari, atrofdagi kishilarning (oila, sinfdoshlar, pedagoglar va boshqa) intellektual darajasi, taʼlim-tarbiya jarayoni ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga qay darajada muvofiqligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. Mutaxassislar fikricha, oilada bolaga mehrli munosabat, ularda ijodiy iqtidor va tafakkurni rivojlantirish ijodiy, mustaqil fikrlash qobiliyati va tashabbuskorlikning shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

 

Taʼlim-tarbiya jarayonining yoshlarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga mos boʻlishi barcha taʼlim muassasalarida (bogʻcha, maktab, litsey, kollej, universitet) taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchilar munosabatlarini demokratlashtirish, oʻqituvchining mavqeiga nisbatan qarashni, taʼlim shakli, mazmuni va texnologiyalariga yangicha, yaʼni innovatsion yondashuvni joriy qilishni taqozo etadi. Bunday yangicha yondashuv, eng avvalo, oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi maʼnaviy munosabatni tubdan oʻzgartirishni talab etadi. Koʻp hollarda, maktablardagi jarayonlarda oʻqituvchi hukmron boʻlib, ular oʻzlarini asosan bilim, maʼlumot uzatuvchi va yoshlarning xulq-atvori boʻyicha oʻz fikrlari, maslahatlari, koʻrsatmalarini bildiruvchi sifatida tutadilar. Bunday holat taʼlim oluvchilarda ijodiy, erkin fikrlash qobiliyatini, tashabbuskorlikni rivojlantirishga emas, balki tayyor bilimlar zaxirasini passiv oʻzlashtirish, majburiy itoatkorlikni shakllantirishga mosdir. Taʼlim shakllari va anʼanaviy taʼlim texnologiyalari asosan oʻqituvchi faolligiga tayanadi. Bugungi kunda joriy qilinayotgan taʼlimga yangicha yondashuv, innovatsion taʼlim texnologiyalari koʻproq taʼlim oluvchilar faolligiga asoslanadi, ularda mustaqil oʻrganish ehtiyoji va koʻnikmalarini shakllantiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 118
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 367
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 129
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 217
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 529
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 946
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218725
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104467
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34038
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27305
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26480
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25045
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24828
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21681
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//