Tafakkur tarzi


Saqlash
16:10 / 30.10.2023 0 1895

Tafakkur tarzi – maʼnaviy hayot hodisasi, narsa va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari, ular oʻrtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bogʻlanishlarni aks ettiradigan bilish shaklini anglatuvchi atama. Inson nimani amalga oshirmasin, qanday maqsadni ilgari surmasin, albatta uni tafakkur chigʻirigʻidan oʻtkazadi. Zero, A.Navoiy aytganidek: “Har ne ishni qilmish odamzod tafakkur birla qilmish odamzod”. Tafakkur tarzining oʻzgarishi har bir jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy, maʼnaviy hayotidan, undagi oʻzgarishlardan kelib chiqadi. Mustabid tuzum sharoitida jamiyat, millat, shaxsning tafakkur tarzi oʻsha davrda hukm surgan maʼmuriy-buyruqbozlik, yakkahokimlik hukmronligidan kelib chiqqan edi. Istiqlol tufayli demokratik taraqqiyot yoʻli va mashhur besh tamoyilning tanlab olinishi kishilar ongi, tafakkurida oʻzgarishlarni amalga oshirish imkoniyatini berdi. Plyuralizm har bir narsa va hodisa, jarayonlarga turfa qarashlar nuqtai nazaridan yondashish, tafakkur tarzining sharqona qadriyatlar asosida oʻzgarishiga olib keldi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatiga milliy gʻoya va oʻzbekona qadriyatlar, urf-odatlarimiz asosida yondashilishi tufayli, inson oʻzligi, milliy gʻururi, Vatanini yanada chuqurroq anglay boshladi. Mustaqil va demokratik tafakkur tarzi millatni, mamlakatni xalqqa, jahonga tanitib, tenglar ichra teng boʻlishi orqali milliy oʻzligimizni qayta tiklash, shuning barobarida uni har qanday xuruj va “ommaviy madaniyat” koʻrinishidan asrab-avaylashga xizmat qilmoqda. Erkinlik va demokratiya, soʻz va ish birligi jahonda kechayotgan globallashuv va modernizatsiyalash jarayoni bilan uygʻunlikda tafakkur tarzida oʻz ifodasini topmoqda. Ayniqsa, davlat va jamiyat qurilishida yangicha tafakkur tarzi namoyon boʻlmoqda. Tafakkur tarzi falsafa, mantiq va psixologiya fanlarida hozirgacha toʻliq oʻrganilmagan tushunchalar qatoriga kiradi. Tafakkur tarzi odatda voqelikni idrok etish va unga nisbatan oʻz munosabatini ifoda etishga toʻla ratsional (aqlga, mantiqqa asoslangan) va irratsional (aql va mantiq doirasidan chiqadigan, ularga zid yoki botiniy ishonchga, gʻayrishuuriy, mistik omillarga tayanadigan) boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 338
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 574
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 512
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 853
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 552
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233861
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113270
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67556
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56399
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50825
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39401
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39163
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38567
“Avesto”

//