Plyuralizm


Saqlash
16:10 / 04.10.2023 0 3857

Plyuralizm (lotincha pluralus – koʻplik, koʻp xillik, koʻp sonlik) – monizmga butunlay zid boʻlgan falsafiy taʼlimot. Plyuralizm atamasi birinchi boʻlib nemis faylasufi X.Volf tomonidan 1712-yili ilmiy muomalaga kiritilgan. Plyuralizm ijtimoiy-siyosiy hayotda turli ijtimoiy guruhlar va ular manfaatlarini himoya etuvchi siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalar, diniy va boshqa tashkilotlar erkinligini, oʻzaro raqobatni ifodalaydi; hozirgi zamon reformizmining asosiy gʻoyalaridan biri. Plyuralizm butun borliq asosiga yolgʻiz materiyani (materialistik monizm) yoki faqat ruh, gʻoyani qoʻyadigan (idealistik monizm) fikrga qarshi tushunchadir. Plyuralizm namoyandalari XVIII–XIX asrlarning boshqa anʼanaviy falsafiy taʼlimotlaridan farqli ravishda oʻz taʼlimotlariga kengroq dunyoqarash tusini beradilar. Ontologik plyuralizm ijtimoiy hayotda xilma-xil – iqtisodiy, joʻgʻrofiy, siyosiy, maʼnaviy va boshqa omillar bir xil ahamiyatga ega ekani toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari suradi. Shu bois, plyuralizm mantiq va bilish nazariyasi (gnoseologiya) sohasiga ham oʻtdi. Bu esa bir-biriga zid boʻlgan barcha tadqiqot uslublarining teng ekanini eʼtirof etishga, yaʼni relyativizm va konvensionalizmga olib keldi. Axloqiy-huquqiy sohada plyuralizm barcha axloqiy va huquqiy meʼyorlarga teng qimmatga ega ekani eʼtirof etildi, ayrimlarining ustunroq qoʻyilishi erkin tanlash oqibati deb hisoblandi. Ijtimoiy-siyosiy sohada plyuralizm koʻppartiyalilik, barcha siyosiy-ijtimoiy guruhlar manfaat va qarashlarining oʻziga xosligini bildiradi. Siyosiy plyuralizm hozirgi zamon demokratik jamiyatining muhim xususiyatlaridan biri sanaladi.

 

Siyosiy plyuralizmning asosiy belgilari: a) ijtimoiy qadriyatlarning har xilligi; b) raqobatchilik va muxolifatga yoʻl berish orqali hayot rang-barangligini taʼminlash; v) jamiyat tarkibiy qismlarining oʻzaro tengligi va mustaqilligi; g) diktatura va zoʻravonlikdan voz kechish, qarama-qarshilik va mojarolarni qonun yoʻli bilan, tinch hal qilish kabilarda namoyon boʻladi. Plyuralizm tamoyillari ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon boʻlishi mumkin, shu bois “iqtisodiy plyuralizm”, “ijtimoiy plyuralizm”, “siyosiy plyuralizm” tushunchalari mavjud. Siyosiy plyuralizmsiz iqtisodiy va ijtimoiy hayotda plyuralizm boʻlmasligi tabiiy. Oʻz navbatida, siyosiy plyuralizm maʼnaviy plyuralizmsiz – eski qolip va oʻlchovlardan voz kechishsiz rivojlanmaydi. Siyosiy plyuralizmning muhim koʻrinishi koʻppartiyaviylikdir. Plyuralizm hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim yutuqlaridan biridir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 161
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 518
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 300
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 465
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 886
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232590
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112446
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64901
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49294
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39017
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37988
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36495
“Avesto”

//