Tasavvur


Saqlash
17:10 / 27.10.2023 0 4993

Tasavvur – olamdagi narsa va hodisalarning sezgi aʼzolariga taʼsir qilib, miyada saqlangan hosilalari asosida qayta tiklangan obrazi, shuningdek, izlash, izlanish, tadqiqot, xayol surish kabilar natijasida paydo boʻladigan histuygʻular majmuini ifodalovchi tushuncha. Bir narsa yoki hodisani oʻylab, uni zehnda gavdalantirish, xayolga keltirish ham tasavvur boʻladi. Tasavvur hissiy bilishning oliy bosqichi boʻlib, undagi obrazlar umumlashgan tarzda namoyon boʻladi. Tasavvur sezgi va idrok bilan uzviy bogʻliq, lekin ulardan farq qiladi. Sezgi va idrok aynan hozirgi holatga tegishli boʻlsa, tasavvur ayni vaqtda hozirga holatga ham, oʻtmishga ham taalluqlidir. Bu, ayniqsa, badiiy ijod tabiati va ijodkorlar faoliyatiga xosdir. Zero, olis-olis zamonlarni tasavvur qilmay turib, oʻtmish haqida asar yozib boʻlmas edi. Tasavvurning oʻziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, u barqaror emas, ongda uzoq vaqt saqlanmay, boshqa yangi tasavvurlar bilan almashinib, oʻzgarib turadi. Uning shu xususiyatini fahmlagan odamzod uni saqlab qolish maqsadida yozuvni va qogʻozni ixtiro etgan. Yozilgan, qogʻozga tushirilgan tasavvurning izlari saqlanib qoladi va maʼnaviy mulkka aylanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 273
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 376
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 594
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234856
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114190
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68151
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57159
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51552
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40075
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39590
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39476
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//