Tarixiy manbalar


Saqlash
17:10 / 26.10.2023 0 7927

Tarixiy manbalar – oʻtmishdagi voqea-hodisalarni oʻrganish uchun asos boʻladigan manbalar majmui. Tarixiy manbalar asosan ikki turga: moddiy va maʼnaviy manbalarga boʻlinadi. Moddiy manbalarga qadim-qadim zamonlarda odamlar istiqomat qilgan manzilgohlar, ularning mozorlari, koʻhna shaharlar, mudofaa inshootlari, qasrlar va ularning qoldiqlari, oʻsha joylardan topilgan mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, zeb-ziynat ashyolari, oltin, kumush va mis tanga-chaqalar, qadimgi sugʻorish inshootlarining qoldiqlari, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga oʻyib ishlangan suratlari, tosh va boshqa qattiq predmetlardagi bitik va yozuvlar kiradi. Maʼnaviy manbalar turkumiga esa uzoq oʻtmishdan qolgan qoʻlyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-odatlarini oʻzida aks ettiruvchi turli-tuman ashyolar, shuningdek, odamlar ongida saqlanib qolgan urf-odat, marosim va anʼanalar kiradi. Tabiat va jamiyat oʻtmishi bilan bogʻliq har bir narsa tarixiy manbalar hisoblanadi. Bu manbalarsiz, ularni topib, tadqiq etib, atroflicha tahlil qilmay turib, tarixiy jarayonlarni toʻgʻri va xolisona anglab boʻlmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 348
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 584
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 520
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 859
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 562
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233883
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113282
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67605
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56436
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50859
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39410
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39192
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38618
“Avesto”

//