Tanishish


Saqlash
17:10 / 24.10.2023 0 4334

Tanishish – avval bir-birini tanimagan kishilar oʻrtasidagi muloqotda oʻzaro oʻzini tanitish, suhbatdoshi haqida maʼlumotga ega boʻlishni anglatuvchi tushuncha. Muloqot va nutq odobi tarkibiy qismi sifatida tanishish bir necha maqsadlarga qaratiladi: 1) suhbatdoshga oʻz ismi, familiyasi, otasining ismi haqida maʼlumot berish (yoki undan maʼlumot olish). Muloqotning turli hollari oʻzaro tanishuvga muayyan cheklovlar qoʻyadi. Xizmatga oid, maʼmuriy tanishish toʻliq tanishtirishni talab etadi, maishiy aloqa esa, zarur boʻlgan maʼlumot bilan cheklanishi mumkin; 2) suhbatdoshni uni qiziqtirayotgan masalalar boʻyicha xabardor qilish. Tanishish vaziyatida eksplitsit (oshkora) va implitsit (yashirin) jihatlar mavjud. Oshkoralik aniq tarzda qoʻyilgan savollarga javobdan iborat boʻladi. Yashirin holatdagi tanishish nafaqat avvaldan kelishilgan maʼlumotni oʻzaro almashish, balki insonning qiyofasi, tabiati, obroʻsi haqidagi tasavvurlarni hosil qilish jarayoni hamdir. Shuning uchun tanishish jarayonida muloqotning barcha unsurlari – kiyinish tarzi, fahm-farosat, vaziyat va holatga muvofiqlik, xulqiy tajriba, soʻzlashuv odobi, oʻzini tuta bilishlik muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tanishish salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishning rasmiy yoki norasmiy tarzi tanishish jarayonining qay yoʻsinda borishini belgilaydi. Birinchi holda bir suhbatdoshning boshqasiga shaxsiy qiziqishi yoʻqligi maʼlum boʻladi. Bunda bir-birlari haqida ortiqcha maʼlumot almashinmaydi. Ikkinchi holdagi tanishishda norasmiy maʼlumotlar bilan keng almashish mumkin. Tanishish vaqtida erkak kishiga ayol tanishtiriladi. Ayol oʻz ismini aytadi va zamonaviy odatga koʻra, qoʻl uzatishi mumkin. Birinchi boʻlib keluvchi (agar u kerakli joyga murojaat etayotganiga aniq ishonsa) oʻzini tanishtiradi. Tanishish jarayonida muayyan munosabatni oydinlashtirmaydigan ortiqcha savollarni berish, shilqimlik va boshqa holatlar muloqot hamda tanishish odobining buzilishi tarzida qabul qilinishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 178
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 449
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 403
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 725
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 436
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233523
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113071
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66611
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55917
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50309
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39294
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38775
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37920
“Avesto”

//