Ikki vafodor yor hikoyati


Saqlash
17:12 / 01.12.2021 0 3003

Eshittimkim, baxtli podshoh, to‘rt ulusning xoni Temur Ko‘ragon iqlimlarni fath etishga kirishganda, Hindistonda qattiq jang bo‘ldi. Unga g‘alaba yuz ko‘rsatib, taqdir dushman lashkariga shikast soldi. Dushmanlarning hammasi dinsiz bo‘lgani uchun (Temur) bek: «Hammasini qilichdan o‘tkazinglar!» - dedi. O‘liklarning ko‘pligidan dashtlar to‘lib ketdi. Qizil qon Nil bo‘lib oqdi. O‘sha soy toshicha kallalar uchdi; har kishi o‘zboshimchalik bilan bosh oldi. O‘tkir tig‘lar har tomonda qon to‘kib, butun olamga g‘avg‘o soldi. Shu payt ikkita bechora sevishgan nogoh ushbu qotillarga duch keldi. Shohning jazosidan omon qolish uchun askarlardan biri ularning birini chopmoqchi bo‘lib otidan tushdi. Uni o‘ldirish uchun askar yonidan tig‘ini chiqargan edi, unisi o‘z sherigini tig‘ ostida ko‘rib, uni himoya qilish uchun qotilga o‘z boshini tutdi.

– Agar sening maqsading bosh olish bo‘lsa, uni qo‘y, uning o‘rniga bu boshni ola qol! dedi u.

Askar uning boshini olmoqchi bo‘lgan edi, unisi ham xuddi shu so‘zni aytdi. U qaysiga o‘z zulmini ko‘rsatmoqchi bo‘lsa, boshqa biri o‘sha gap bilan oyog‘iga yiqilar edi.

Burgut panjali qotilning jahli chiqib:

– Paysalga solmay ikkalangizni ham chopaman! dedi.

U qaysi birini o‘ldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der edi:

– Tez bo‘l, oldin meni o‘ldira qol, to men o‘lguncha loaqal u tirik tursin!

 Ular bir-birlariga o‘z boshlarini in'om qilardilar. Boshlarini kesdirish uchun tig‘ni talashar edilar. Shu munosabat bilan orada birpas xayallash yuz bergan edi, birdan xalq orasida omon-omon bo‘lgani haqida nido ko‘tarildi. Chunki bu ikki yor bir-biri uchun jonidan kechgan edi, shoh ham xalqning gunohidan o‘tdi. Bu ikki yor do‘stlik, sadoqat tuyg‘ularini namoyish qilib, elni ham, o‘zlarini ham xalos qildilar.

Ey Navoiy, Xudo senga ham yor bersa, sen ham unga boshingni va joningni fido et. Ey soqiy, mehr-u vafo shartlariga sodiq bo‘lsang, chin do‘st bo‘lsang, bir qadah keltir. Jonim xalqumimga keldi, menga davo qil, qachongacha va'da berasan, endi va'dangga vafo qil! 

Alisher Navoiy

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 189
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225822
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//