Sunniylik


Saqlash
16:10 / 19.10.2023 0 3004

Sunniylik (arabcha ahli sunna val-jamoat) – islom dinidagi toʻgʻri yoʻlda yuruvchi oqimni ifodalovchi atama. Muhammad (s.a.v.) musulmonlarning kelajakda bir necha firqalarga boʻlinib ketishidan tashvishlanib, ulardan bittasini – “firqai nojiya” (najotga erishuvchi firqa) deb atagan. Imom Abu Iso at-Termiziy Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.)dan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar (s.a.v.) shunday deydi: “Aniqki, Bani Isroil qavmiga kelgan hodisaning ayni oʻzi mening ummatimga ham keladi. Bani Isroil qavmi yetmish ikki firqaga boʻlinib ketgan edi, mening ummatim yaqin kelajakda yetmish uch firqaga boʻlinib ketadi. Barchasi zalolatga boradi, illo bittasi najotga. Sahobalar: «Jannatga boradigan bitta firqa qaysi?”, – deb soʻradilar. Rasululloh (s.a.v.): “Men va sahobalarim tutgan yoʻldagisi”, – deb javob berdi. Yuqorida keltirilgan hadislarning mazmuni shundan dalolat qiladiki, paygʻambar (s.a.v.) bayon etgan va najotiga bashorat bergan yagona firqa – bu “ahli sunna val – jamoa” yaʼni sunniylik firqasi. Bu firqa ahli islom dinining ixlosli, eʼtiqodli boʻysunuvchilari boʻlib, oʻzlarini Ibrohim (a.s.) qavmidan deb hisoblaydilar, Paygʻambar (s.a.v.)ning shariatiga itoat qiladilar. Abdulqohir ibn Tohir al-Bagʻdodiy at-Tamimiyning “Al-farq baynalfiraq” kitobida “ahli sunna val-jamoa” firqasidan hisoblanuvchi turli toifa ilm ahllari haqida toʻliq maʼlumot berilgan. “Ahli sunna val-jamoa” mazhabi boʻyicha sharʼiy dalillar toʻrtta: Qurʼon, sunnat, ijmoʼ va qiyos. Oʻzbekiston musulmonlari ham sunniylik eʼtiqodiga amal qiladilar va fuqarolik burchlarini bajaradilar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 138
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 236
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 439
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 671
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234180
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113457
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67929
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56909
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51345
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39541
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39378
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39229
“Avesto”

//