Sotqinlik


Saqlash
15:10 / 19.10.2023 0 853

Sotqinlik – inson uchun umumiy boʻlgan tamoyillarga, milliy manfaatlarga sadoqatni buzib, dushman tomonga oʻtish, unga sirni oshkor etish. Sotqinlik xiyonatning bir koʻrinishidir. Sotqinlik azaldan maʼnaviy jinoyat hisoblangan. Koʻchma maʼnoda “sotmoq” tushunchasi pul evaziga bermoq, pulga ayirboshlamoq maʼnosini ham anglatadi. Bundan tashqari, sotmoq – Vatani, davlati sirlarini, xalqi boyligini dushmanga oshkor qilish, berish evaziga oʻz jonini, hayotini saqlab qolishni ham ifodalaydi. Sotqin oʻz vijdoni, Vatani, oilasini daromad evaziga pullagan, dushman tomonga oʻtgan, sotilgan xoin, xiyonatkor. Sotqinlikda or-nomus, imon va vijdon tuygʻulari boʻlmaydi. Uning salbiy xususiyatlari qattiq tanqid qilingan va jamiyat hamda insonga xos maʼnaviylik tamoyillariga zid tushuncha sifatida koʻrsatilgan. Ezgulik va haqiqatga sadoqati boʻlmagan, ularga ishonmagan odam qoʻrqinchlidir. Tabiatida sotqinlik xususiyati boʻlgan odam rahbarlik kursisiga oʻtirib qolsa bormi, u yerda osoyishtalik yoʻqoldi, deyavering. Ikkita odamning, ikkita mamlakatning oʻrtasidagi urushni ham aynan shunday odamlar boshlab beradi. Shu bois bunday odamlardan ogoh boʻlishimiz, ularga yonimizda oʻrin boʻlmasligi lozim. Agar tevarak-atrofimizdagi birorta kishida shunday alomatlar sezilayotgan boʻlsa, ularni darhol tarbiyamizga olib, toʻgʻri yoʻlga boshlashimiz kerak. Shu munosabat bilan tarihda koʻp marta oʻz tasdigʻini topgan, men ham oʻz tajribamda sinagan hayotiy bir haqiqatni yana bir bor takrorlashni zarur deb hisoblayman: agar biz ahil boʻlsak, el-yurt manfaati yoʻlida bir tanu bir jon boʻlib yashasak, oʻzimizdan sotqin chiqmasa, oʻzbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi. Sotqin oʻz farzandining kelajagini ham koʻra olmaydi, u sotqinligi bilan oilasi shaʼnini oyoqosti qilib, el-yurt oʻrtasida sharmanda boʻladi. Har bir inson el boshiga kulfat tushganda, dushmanga nisbatan munosabatlar jarayonida sinaladi. Bunday hollarda turli salbiy qusurlar, illatlarga ega, johil, yovuz, nopok, firibgar, qoʻrqoq, maʼnaviy qashshoq va tuban shaxslar tomonidan sotqinlik, Vataniga, xalqiga xiyonat sodir etish holatlari hayotda uchraydi. Bunday shaxslar xalqning gʻazabi va nafratiga duchor boʻladi. Sotqin oʻz Vatani dushmanlari bilan til biriktiradi, davlat xazinasini dushmanga talatadi, xalqini dushman oʻqiga tutib beradi, el boshiga falokat ustiga falokat keltiradi. Diyonatli, halol yashaydigan, maʼnaviy barkamol odam hech qachon sotqinlik yoʻlini tutmaydi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 203
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 248
Narxning navosi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1542
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224329
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107465
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 54228
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39149
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 38809
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 30575
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30213
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 29589
Alpomish

//