Sintoizm


Saqlash
17:10 / 18.10.2023 0 12809

Sintoizm (yaponcha sinto – xudolar yoʻli) – Yaponiyada keng tarqalgan milliy din. XVIII asrda sintoizmni buddizmdan farqlash uchun “Sinto” atamasi qoʻllanilgan. U buddizmdan koʻplab marosim va tasavvurlarni meros qilib olgan. Sintoizm 1868-yilda rasman davlat dini deb eʼlon qilinadi va u 1945-yilgacha shunday maqomga ega boʻladi. Sintoizm asosini juda koʻp ruhlarga sigʻinish tashkil etadi. Sintoizmga koʻra, ilohiyot bilan odamlar oʻrtasidagi munosabatlar Amaterasuning (Quyosh maʼbudasi) avlodi va uning Yerdagi vakili – imperator (Mikado) orqali amalga oshadi. Mikado barcha yaponlarning yaratuvchisi – otasi hisoblanadi va u ilohiylashtiriladi. Yaponiya II jahon urushida magʻlubiyatga uchraganidan soʻng Mikadoning ilohiyligi inkor qilina boshladi. XIX–XX asrda bir qancha sintoitsizmga zid sektalar paydo boʻlib, ular buddizmni rad etadi. Sintoizm bir necha qatlamlardan iborat: Quyosh maʼbudasi Amaterasudan tarqalgan imperator oilasi aʼzolari oʻz saroyida amal qiladigan sulolaviy imperatorlarni ilohiylashtiruvchi sintoizm, turli mahalliy va umumyapon xudolariga topinuvchi ibodatxona sintoizmi, maʼbuda Amaterasuga topinuvchi uy-roʻzgʻor sintoizmi, davlat tizimiga kirmagan tabiat obyektlari timsolida gavdalanuvchi mahalliy xudolar va ruhlarga topinuvchi xalq sintoizmi va boshqa Sintoistlarning muqaddas kitobi boʻlmagan, ammo diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrda ogʻzaki diniy afsonalar asosida “Kodziki” (“Qadimgi ishlar toʻgʻrisida yozuvlar”) nomli diniy kitob paydo boʻldi. Sintoizm dini 1964-yilda davlatdan ajratildi. Ibodatxona sintoizmi tashkiliy jihatdan ayrim ibodatxonalar va ularning uyushmalariga boʻlinib ketdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//