Simvolizm


Saqlash
17:10 / 17.10.2023 0 1292

Simvolizm (yunoncha simbolisme – belgi, ramz, timsol yoki ularning majmui) – XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan adabiy-falsafiy oqim. Simvolizm dastlab Fransiyada, ijtimoiy harakatlardagi tushkunlik oqibatida vujudga keldi (P.Verman, A.Rembo, P.For va boshqa) va keyinchalik Yevropaning boshqa mamlakatlariga yoyildi (K.Belmont, D.Merejkovskiy, Z.Gippus, F.Sologub, A.Beliy, qisman A.Blok, V. Bryusov, M.Vrubel, V.Miterxold va boshqa ijodida koʻzga tashlanadi). Simvolistlar biror tushunchani, hodisani ifodalovchi yoki eslatuvchi shartli belgini badiiy ijod asosi hisoblab, u mavjud olamni bilish, tushunishning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Simvolizm oqimi obyektiv haqiqatni bilish mumkin emas, deb hisoblovchi A.Shopengauer, E.Max va neokantchilar falsafasiga asoslanadi. Simvolizm individualizmni, mistitsizmni tashviq qiladi, hayot koʻrinishlarini “narigi dunyo”ning simvollari sifatida talqin etadi, bu olam “haqiqiy dunyo”ning yolgʻon aksi, deb hisoblaydi. Koʻpchilik simvolist adiblarning asarlari kinoya va imo-ishoralarga toʻlib-toshgan, simvolist shoirlar shaklbozlikka berilib, chuqur mazmunga ega boʻlmagan, tushunish qiyin boʻlgan asarlar, shartli va umumlashtirilgan obrazlarni, sheʼriyatning maxsus tilini yaratishga uringan. Simvolizm tushunchasini dastlab fransuz shoiri Jon Mereas (1856–1910) qoʻllagan va nazariy jihatdan asoslab bergan. Simvolizm doktrinasiga koʻra, har bir narsada gʻoya yashiringan, uni sanʼat, avvalo, musiqa, musiqali sheʼriyatgina tushuntira oladi. Sheʼriyat bilimning eng oliy shakli boʻlib, dinga yaqin, uning ijodkori esa ilohiy qudratga ega, olamda hamma narsaning mazmuni simvol orqali anglanadi, shoir bunda tarjimonlik vazifasini oʻtaydi. Simvolizm tasviriy sanʼatda modern uslubi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, simvolist rassom, haykaltaroshlar asarlarida bilib boʻlmaydigan, aql bovar qilmaydigan dunyoning gʻayritabiiyligini ifodalaydi. XX asrda turli-tuman badiiy oqimlarda (empressionizm, syurrealizm, futurizm va boshqa) simvolizmning taʼsiri boʻldi. Simvolist teatr arboblari shaklbozlikka berilib, mavhum, sxematik obrazlar orqali insonni taqdir va oʻlim oldida ojiz qilib koʻrsatishga harakat qiladi. Umuman, simvolistlar sanʼatni hayotdan uzoqlashtirishga, hayotiy haqiqatdan koʻz yumishga intiladi, badiiy asarlarni real borliqqa qarama-qarshi qoʻyadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 90
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 620
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 677
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227490
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109386
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 57145
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 44200
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41503
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 33539
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 32569
Alpomish

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31476
Kompetentlik

//