Simvol


Saqlash
16:10 / 17.10.2023 0 3486

Simvol (yunoncha symbolon – ramz, shartli belgi, tamgʻa yoki nishon) – oʻz tabiatiga koʻra, moddiy yoki maʼnaviy hodisa boʻlib, muayyan gʻoya yoki tushunchani obrazli – timsol tarzida ifoda etadi. Simvol oddiy yozma yoki tovushli til belgilaridan farqli oʻlaroq, olamning muayyan hodisasi emas, balki bilvosita – hissiy yoki mantiqiy obraz vositasida inson uchun biror mavhum tushuncha shaklida aks ettiradi. Simvollarning nomi u ifoda etuvchi tushuncha yoki mazmunga nisbatan barqaror boʻlib, faqat muayyan gʻoya yoki maʼnoni anglatish uchungina foydalaniladi. Simvollar, gohida, butun bir soʻz, gapni ham ifoda etishi mumkin. Bu simvollarning takomillashgan koʻrinishi – iyerogliflarda ifodalangan. Masalan, Xitoy iyerogliflari shular jumlasiga kiradi. Insoniyat tarixida piktografiya yoki rasmli xat ham muhim oʻrin tutadi. Simvollarning narsa-hodisalarni qulay va tejamli ifodalash xususiyati qadimgi Rim va Yunonistonda ilk bor ilmiy tadqiq etilgan boʻlib, bunda stoitsizm oqimining namoyandalari – Lutsiy Anney Seneka, Zenon, Xrissipp va ayniqsa, Aristotelning hissasi beqiyos boʻlgan. Sharq ilm-fanida Nasiriddin Tusiy, Abu Ali Ibn Sino va boshqa, simvol va belgilarning gnoseologik imkoniyatlari xususida qimmatli fikrlar bildirishgan. Simvol, belgi masalasi, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, yana kun tartibiga qoʻyila boshlandi. Bu jarayon, ayniqsa, matematik yoki simvolik logika fanining shakllanishi bilan birmuncha tezlashdi. Matematika simvollarining imkoniyatlari ilmiy tafakkur, fan va texnikani taraqqiy ettirish, inson bilishi chegaralarini kengaytirish vazifalarini hal qilish uchun benihoya qoʻl keladi. Pragmatizmning asoschilaridan biri – Charlz Sanders Pirs va bixeviorizm falsafasining namoyandalari Charlz Morris, Richerds va Ogdenlarning simvollar va belgilarning umumiy nazariyasi – semiotikaga asos solganliklari fan tarixida muhim oʻrin tutadi. Simvollarning cheksiz imkoniyatlaridan kompyuterlashtirish, robotlashtirish, avtomatik boshqaruv tizimlarini vujudga keltirish, ommaviy axborot tizimlari faoliyatini takomillashtirishda keng foydalaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//