Siyosiy va madaniy ekstremizm


Saqlash
16:10 / 17.10.2023 0 1007

Siyosiy va madaniy ekstremizm – siyosiy hamda maʼnaviy jihatdan mutlaqo salbiy hodisa boʻlib, asosiy maqsadi siyosat hamda maʼnaviyat bagʻrida mavjud beqiyos keng imkoniyatlardan oʻz vayronkor gʻoya va rejalarini amalga oshirish uchun intilishda namoyon boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga ekstremizmning oʻz tarafdorlari orqali kirib borish ehtimoli kuchli. Bu, bir tomondan, dunyo ahlining hanuzgacha ekstremizm haqida aniq tushunchaga ega emasligi, ikkinchi tomondan, aqlzakovatga zid yoʻl bilan hokimiyatga intiluvchi unsurlar mavjudligiga borib taqaladi. Hozirgi murakkab davrda ekstremizmning inson barhayotligi tayanchlari boʻlmish siyosat va maʼnaviyatga kirib borishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi, hattoki, afgor omma koʻz oʻngida siyosat va maʼnaviyatga putur yetkazishi mumkin. U siyosatda aqidaparastlik, siyosiy radikalizm, irqchilik, shovinizm, militarizm, global hukmronlikka daʼvo qilish va ayniqsa, “demokratiya eksporti” va boshqa koʻrinishlarda namoyon boʻlsa, maʼnaviyatda uning mohiyatiga yot aqidaparastlik, “ommaviy madaniyat”, vatangadolik kabi turli maʼnaviy buzuqliklarda namoyon boʻlishi mumkin. Dunyoning bugungi holatiga siyosat va maʼnaviyat nomidan ish yurituvchilarning taʼsiri haqida soʻz yuritilar ekan, bir paytlar siyosiy ekstremizmning tarixiy koʻrinishlaridan boʻlgan natsizm, fashizm va totalitar kommunizmning insoniyatni qay holatga tushirganligini eslash kifoya. Bugungi kunda esa siyosiy va madaniy ekstremizm maʼnaviy yuksalishning ulkan marralaridan hisoblangan jahon dinlaridan (buddizm, xristianlik va islom) ekstremistlarning makkorona foydalanishga intilishida ham yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Siyosiy va maʼnaviy jabhada sodir boʻlayotgan ekstre mistik xurujlardan har bir davlat va dunyo hamjamiyati jiddiy talafot koʻrmoqda. Siyosiy va madaniy ekstremizm bugungi qaltis vaziyatda insonlar, guruhlar, elatlar, davlatlar va nihoyat madaniyatlar oʻrtasiga keskin dushmanlik urugʻini sochib, hech qanday muloqot, murosaga oʻrin qoldirmaydi, ularni oʻzaro qirgʻinbarotga undaydi. Bugungi kunda uning oldini olish, unga qarshi kurashish vazifasi dolzarblashib bormoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//