Sanʼatshunoslik


Saqlash
15:10 / 16.10.2023 0 901

Sanʼatshunoslik – sanʼatni oʻrganadigan ijtimoiy fanlar majmui boʻlib, sanʼatning alohida turlari, ularning vujudga kelishi va taraqqiyot qonuniyatlari, oʻziga xosligi va voqelikka munosabatini oʻrganadi. Sanʼatshunoslik raqs, musiqa, qoʻshiq, teatr, kino, tasviriy va amaliy sanʼat kabilarni oʻz ichiga oladi. Plastik sanʼatlar doirasida sanʼatshunoslikning sanʼat nazariyasi, sanʼat tarixi va badiiy tanqid kabi turlari mavjud. Ular oʻzaro uzviy aloqada boʻlib, har biri oʻzining maxsus vazifasiga ega. Sanʼat nazariyasi nafis sanʼatga nisbatan gʻoyaviy mazmun, badiiy shakl, uslub, ifoda vositalari, sanʼatning tur va janrlariga xos maxsus xususiyatlari va boshqa masalalarni ularning oʻzaro aloqasida oʻrganadi; shuningdek, umumiy qonuniyatlarni, sanʼat taryotining obyektiv mantiqi, uning jamiyat bilan munosabati, jamoa va shaxsga nisbatan taʼsirini koʻrib chiqadi. Sanʼat tarixi esa sanʼatning umumiy taraqqiyoti (“umumsanʼat tarixi”)ni biror mamlakat yoki alohida davrda oʻrganadi va tadqiq qiladi, sanʼatning biror tur yoki janri, oqimi, yoʻnalishi rivoji, ayrim rassomlarning ijodiy uslubini tahlil qiladi. Badiiy tanqid zamonaviy badiiy hayotni tahlil qiladi, uning yoʻnalishi, tur va janrlari, ayrim sanʼat ustalarining ijodi va ularning alohida badiiy asarlarini tekshiradi va baholaydi; sanʼat hodisalarini hayot va ijtimoiy davr ideali bilan qiyoslaydi. Sanʼatshunoslikning ilmiy faoliyati keng va xilma-xil: oʻrganilayotgan soha boʻyicha aniq dalillarni toʻplash, ularni atroflicha oʻrganish va umumlashtirish; sanʼat yodgorliklarini ekspeditsiyalar yordamida ochish, taʼmirlash turlari; yodgorliklarni aniqlash, roʻyxatga olish va tartibga solish; rassom va uning asarlari haqida maʼlumot toʻplash, ilmiy muzeylar katalogini tuzish, biografik va boshqa maʼlumotnomalar yaratish kabilar kiradi. Sanʼatshunoslikning ijtimoiy ahamiyati uning xulosa va yakunlarining ilmiy ahamiyati bilan birga sanʼatni ommalashtirish va tashviq qilish hamda uni tushuntirishi bilan belgilanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//