Samimiylik


Saqlash
14:10 / 16.10.2023 0 3098

Samimiylik – boshqalarning gapini tinglash, hamfikr boʻla olish, xabardor boʻlish degan maʼnoni anglatuvchi tushuncha. Samimiylik – toʻgʻriligiga ishongan, bu haqda oʻziga va boshqa iqror boʻla oladigan narsalarni qiladigan odamning maʼnaviy ijobiy sifati. Samimiy – samimiyat bilan ish tutuvchi, muomala qiluvchi shaxs, sidqidillik bilan chin qalbdan bildirilgan munosabat. Samimiyat kishilarga qalban hayrixohlik bildirish, pokdillik, sidqidillikdir. Samimiylik insondagi eng yaxshi xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri boʻlib, axloqning muhim meʼyorlaridan hisoblanadi. Samimiylik oldindan tayyorgarliksiz, ochiq koʻngillik bilan begʻaraz, chin qalbdan qilingan tabiiy muomaladir. Soʻz bilan ishning birligi samimiylikning mukammal koʻrinishi hisoblanadi. Yoʻl qoʻyilgan nuqson uchun emas, uni tuzatish va qayta takrorlamaslik uchun koyish, kamchilikni xolisona koʻrsatish, toʻgʻri yoʻlga solish samimiylikning muhim jihatidir. Samimiylik toʻgʻrilik, poklik, oqkoʻngillik, bagʻrikenglik, bilim lilik, yaxshilik singari insoniy fazilatlar asosida shakllanadi va rivojlanadi. Samimiylik insonlarning oʻzaro munosabati va muloqotida, toʻgʻri soʻzi va shuning amaldagi isbotida namoyon boʻladi. Samimiy muomalaning teskarisi takalluf – sunʼiy muomaladir. Bu hazrat Navoiyning quyidagi misralarida ifodasini topgan: “Takalluf erur anga farsudalik, // Aning tarkidur jonga osudalik”. (Maʼnosi: Takalluf – sunʼiy muomala tanga notinchlik, charchoq keltiradi. Uni tark etish esa osudalik, osoyishtalik bagʻishlaydi). Samimiy munosabat sof munosabat maʼnosini anglatadi. Samimiylikka teskari tushuncha – nosamimiylik salbiy xislat hisoblanadi. Kishining betamizligi, nohaqligi, laganbardorligi, oʻzini katta olishi, kimlarnidir pisanda qilish, qoʻpolligi, mensimasligi, kekkayishi, xudbinligi, boylik hirsi va mansabparastligida samimiylik koʻrinmaydi. Bir kishining nosamimiyligi davra totuvligini buzadi, insonlarning koʻngli xira boʻlishiga, dili ozor chekishiga olib keladi. Bu, avvalo, oʻsha kishining oʻziga samimiy boʻla olmasligi oqibatidir. Nosamimiylikka jamiyat dagi turli tashkilot, korxona, muassasalarda, mehnat jamoalari, toʻy-marosimlar, katta-yu kichik yigʻilishlarda ham duch kelish mumkin. Bu notoʻgʻri tarbiyaning natijasidir, uning koʻrinishi soʻz bilan ishning bir boʻlmasligi bilan belgilanadi. Kishining soʻzi bilan ishining bir yerdan chiqmasligi shubha va ishonchsizlikka, jamoada nosogʻlom muhit paydo boʻlishiga sabab boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65633
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//