Salohiyat


Saqlash
17:10 / 13.10.2023 0 1065

Salohiyat – isteʼdodning bir turi boʻlib, insonning muayyan tarzda oʻz ilhomini qabul qilishga tayyorlangandan soʻng yuz beradigan sifat. Yuksak aql, isteʼdod egalari salohiyatli kishilar deyiladi. Salohiyat soʻzi kishi yoki millatning ichki imkoniyatlari, toʻla namoyon boʻlmagan kuch-quvvati maʼnosida ham ishlatiladi. Masalan, milliy salohiyat – millat, xalq, mamlakat, jamiyat kuch-quvvati, uning mavjud ichki, botiniy, vaqti soati kelganda namoyon boʻladigan iqtisodiy, ilmiy, madaniy, maʼnaviy va boshqa imkoniyatlaridir. Milliy salohiyat obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliq boʻladi. Obyektiv omillar: millat yashayotgan hududning koʻlami va hayot kechirishga qulayligi, tabiiy shart-sharoitlar, yer usti va yer osti boyliklarining mavjudligi, aholining soni, hayvonot va oʻsimlik olamining xilma-xilligi, suv manbalarining serobligi, quyoshli kunlarning koʻpligi va hokazo. Subyektiv omillar: aholining savodxonlik darajasi, xalqning qoʻshni davlatlar bilan manfaatli munosabatlar oʻrnata olishi, mamlakat ichidagi barcha millatlar, dinlar, ijtimoiy sinflar va boshqa tabaqa vakillarining hamjihatligi. Obyektiv omillar mavjud boʻlsada, lekin xalq tarqoq, uyushmagan boʻlsa, mamlakat, davlat qoloqligicha qolaveradi. Aksincha, subyektiv omillar tabiiy sharoit noqulay boʻlsa, natija bermaydi. Hozirgi zamon rivojlangan davlatlari va millatlari shuning uchun yuksak natijalarga erishganlarki, ularda obyektiv va subyektiv omillar uygʻunlashgan hamda ishchanlik, tashabbuskorlik, tadbirkorlik, topqirlik bilan ishga solingan, hayot surʼati doim yuqori. Ayni vaqtda, jamiyat taraqqiy etgan sari subyektiv omillarning ahamiyati ortib bormoqda. Rivojlangan davlatlar zamonaviy texnika yutuqlari va fan ixtirolariga suyangan holda Yer kurrasining tabiiy jihatdan noqulay qismlarida ham moʻjizakor ishlarni amalga oshirmoqdalar. Masalan, Shimoliy qutbda joylashgan Islandiyada yer ostidan chiqadigan qaynoq geyzer suvlardan foydalanish natijasida subtropik mevalar yetishtirilmoqda. Yoki oʻz yer osti boyliklariga ega boʻlmagan Yaponiya eng ilgʻor sanoat, texnika- texnologiya va amaliy fanni yuzaga keltirib, jahonda eng raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarmoqda. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Mustaqillikka erishgach, Oʻzbekistonda tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-madaniy hamda intellektual salohiyatga tayangan holda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh qilish, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish borasida ulkan yutuqlar qoʻlga kiritilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 90
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 620
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 677
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 227490
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109386
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 57145
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 44200
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41503
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 33539
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 32569
Alpomish

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31476
Kompetentlik

//