Sadoqat


Saqlash
17:10 / 12.10.2023 0 4366

Sadoqat (arabcha doʻstlik, birdamlik; samimiylik) – insonga xos eng ezgu maʼnaviy-axloqiy xislatni ifodalovchi tushuncha. Sadoqat “samimiylik”, “vafodorlik”, “sodiqlik”, “doʻstlik” soʻzlariga maʼnodosh hisoblanadi. Masalan, mashhur fransuz sayyohi Kusto butun umrini ummon va dengizlar hayoti va undagi sir-sinoatlar, suv ostidagi nabotot va hayvonot dunyosini kashf etishga bagʻishladi. Uning oʻz ishiga boʻlgan sadoqatini butun dunyodagi sogʻlom fikrlovchi har bir inson yuksak qadrlaydi. Navoiyning “Hayratul-abror” dostonida ikki vafodor yorning bir-biriga sadoqati ulugʻlanadi: Hindistonda olib borilgan qattiq jangda Temur Koʻrogon dushmanlarning barchasi dinsiz boʻlgani uchun ularni qilichdan oʻtkazishni buyuradi. Shu payt ikki sevishgan nogoh qotillarga duch keladi. Shohning jazosidan omon qolish uchun askarlardan biri sevishganlarning birini chopmoqchi boʻlib otidan tushadi. Uni oʻldirish uchun askar yonidan tigʻini chiqargan ham ediki, ikkinchisi oʻz sherigini tigʻ ostida koʻrib, uni himoya qilish uchun qotilga boshini tutadi. “Agar sening maqsading bosh olish boʻlsa, uni qoʻy, uning oʻrniga bu boshni ola qol!” – deydi u. Askar uning boshini olmoqchi boʻlgan ham ediki, unisi ham xuddi shu soʻzni aytadi. U qaysi birini oʻldirishga oshiqsa, ikkinchisi toqatsizlik bilan der edi: “Tez boʻl, oldin meni oʻldira qol, to men oʻlguncha loaqal u tirik tursin!” Shu tariqa ular bir-biriga nisbatan cheksiz sadoqati tufayli jonini berishga ham tayyor turadi. Bir-biri uchun jonidan kechishga tayyor ikki yorni koʻrgan shoh ham xalqning gunohidan oʻtadi. Ular chinakkam sadoqat tuygʻularini namoyish qilib, elni ham, oʻzlarini ham xalos qiladi. Maʼlumki, mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va anʼanalarga muhabbatni, oʻz yaqinlariga mehribonlik, tanlagan kasbi, maslagi va eʼtiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//