Savodsizlik


Saqlash
17:10 / 11.10.2023 0 1959

Savodsizlik – muayyan bilim, cavodga ega emaslik, savodi yoʻqlikni ifodalovchi tushuncha. “Savodsizlik” soʻzi unga antonim sifatida qoʻllanadi. “Omilik”, “bilimsizlik”, “oʻqimaganlik” kabi soʻzlar savodsizlik soʻziga maʼnodoshdir. Inson boshqa mavjudotlardan farq qilib, ongga, oʻz-oʻzini anglash qobiliyatiga egadir. Shu tufayli ilmga intilish, oʻz hayotining maqsad va mazmunini bilishga tirishish, goʻzallik yaratishga, har tomonlama barkamol boʻlishga urinish barcha davr va millat kishilariga xos boʻlgan umuminsoniy, boqiy fazilatlardir. Bu umuman inson mohiyatiga xos narsa boʻlib, u bu yorugʻ olamda nima uchun yashayotganini anglashga, kelajagiga zamin hozirlashga intiladi. Har bir sogʻlom fikrli odam, insoniyatning umrboqiyligini idrok etadi va oʻzidan oilasiga, farzandlariga, insoniyatga nimadir qoldirib ketishni istaydi. Shundan kelib chiqib, umrining maqsadi va mazmunini belgilaydi. Xuddi shu narsa uning eʼtiqodini ifodalaydi, savodlilik darajasini belgilaydi. Agar insonda yoshlikdan kitobga, bilimga mehr shakllanmagan, bilimi sayoz, tushunchalari tor boʻlsa, u dunyoviylikni dahriylikdan, ziyoni jaholatdan farqlay olmaydi. Demak, uni har tomonlama savodsizlik soʻzi bilan anglatiladigan maʼnoda ifodalash mumkin. Choʻlpon “Kecha va kunduz” romanida savodsizlikni omi eshakka qiyoslaydi: “U nima, bir omi eshak-da... – dedim men. Taraqqiy qilgan emas... gazet oʻqimaydi”. Bu yerda eshak soʻziga bogʻlanib kelgan “omi” iborasi oʻrinli ishlatilgan. U koʻchma maʼnoda “oʻta savodsiz”, “dunyodan xabarsiz” kabi maʼnolarni anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65633
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//