Savob


Saqlash
17:10 / 11.10.2023 0 3163

Savob (arabcha yaxshilik, ezgulik, ajr) – inson va jamiyat manfaatiga yoʻnaltirilgan ezgu harakat; xayrixohlik, saxiylik, boshqa kishilarni tushunish, uning taqdiriga achinish, ogʻirini yengil qilish, yaxshilik keltirish, oʻzgalarga begʻaraz koʻmaklashish, ularning baxtini oʻylash va unga erishishda koʻmaklashishni anglatadigan tushuncha. Binobarin, savob soʻzi barcha yaxshi va ezgu ishlarga nisbatan ishlatiladi. Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak. Savob ham axloqiy, ham diniy tushuncha. Xalqimiz maʼnaviyatida axloq va diniy eʼtiqod masalalarining koʻpchiligi asrlar osha namoyon boʻlib kelmoqda. Islomda savobga katta eʼtibor qaratiladi. Diniy eʼtiqodga koʻra, savob Yaratganga yoqadigan barcha ezgu va yaxshi niyatli ishlardir. Insonning yaxshilik va yomonlikdan iborat xatti-harakati, faoliyati islomda savob yoki gunoh deb ataladi. Diniy koʻrsatmalarni bajarish, inson manfaati yoʻlida faoliyat koʻrsatish savob hisoblanib, diniy tasavvurga koʻra, insonning ish kitobi (nomai aʼmoli) farishta vositasi bilan yozib boriladi. Oxirida insonlarning savob va gunohlari tarzida tortilib, natijalar Allohning hukmiga havola etiladi. Hadisi sharifda taʼkidlanishicha, insonning barcha savob ishlari jannatga kirgandan keyin erishiladigan darajalar uchun kerak boʻladi. Savob ish qilganda xursand, gunoh ish qilganda xafa boʻlgan inson haqiqiy moʻmin sanaladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 303
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 275
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 626
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 369
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 548
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112813
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65632
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55364
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49725
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39154
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38276
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37100
“Avesto”

//