Sabr


Saqlash
17:10 / 11.10.2023 0 7664

Sabr (arabcha achchiq, chidam, bardosh) – inson maʼnaviyatining tarkibiy qismi boʻlib, oshiqmasdan kutish yoki oʻzini tiya olish, toqat, chidam-bardosh, iroda va qanoat qilish maʼnosini anglatadi. Sabr kishilarning turli-tuman ziddiyatli voqea-hodisalarga bardosh qila olishini ham ifodalaydi. Sabr – yuksak maʼnaviyat tushunchasi, aql va madaniyat belgisi, boshqalarning fikri va eʼtiqodiga hurmat ifodasi hisoblanadi. Murakkab ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy muammolarga nisbatan bagʻrikenglik bilan munosabat bildirish va xatti-harakatdagi xolislik shaxsning sabri, maʼnaviyati yuksakligidan dalolat beradi. U uzoq yillar mobaynida oila, jamoa, ijtimoiy sharoit, mavjud anʼanalar taʼsirida shakllanadi. Sabr istalgan darajadagi rahbar uchun favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, insonning turli vaziyatdagi ham ijobiy, ham salbiy jihatlarni farqlash uquvi, adolatli baho berish layoqati jamoada sogʻlom ijtimoiy-ruhiy muhitni taʼminlaydi. Sabr faqat ayrim shaxsga xos xususiyat sifatida emas, balki ayrim kishilar, gʻoyalar, vaziyatlarga munosabatda namoyon boʻladigan jamoaga xos xususiyat sifatida ham qaraladi. “Sabr tagi – sariq oltin”, “Sabrliga osh, sabrsizga tosh”, “Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar”, “Sabr dori kabi achchiq, oqibati shirindir” kabi sof oʻzbekona maqollar zamirida ne-ne ulugʻ donishmandlarning, necha-necha asrlarning xulosalari mujassamlashgan. Ota-bobolarimiz bunday hikmatlarga ishonib, ularga amal qilib yashagan. Yaʼni, sabr chidamli boʻlish, ogʻir holatlar yuz berganda, inson ularga bardosh qilib, oʻzini yoʻqotmasligi, nojoʻya soʻzlardan, oʻrinsiz harakatlardan oʻzini tiyishidir. Zero, bu dunyo imtihonlar olamidir. Inson hayotda turli holatlarga duch keladi. Baʼzi hodisalar kishini shodlantirsa, boshqalari gʻamga soladi. Sabrsizlik hayotda xunuk oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ishning barakasi ham sabr bilan bogʻliq. Koʻpincha tilimizda tahlil etilayotgan tushuncha “Sabr-qanoat” tarzida birgalikda ishlatiladi. Bu bejiz emas. Chunki sabr uchun qanoat, qanoat uchun sabr kerak. Biroq sabr bilan qanoatni bir narsa deb tushunmaslik lozim. Qanoat asosan, borlik-yoʻqlikka koʻnish, oz narsa bilan tirikchilik oʻtkazishni anglatsa, sabr boshga tushgan kulfat, gʻam-gʻussa, azob-uqubatga chidashni, har qanday hodisaning natijasini kuta olishni bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 125
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 92
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 549
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 512
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225684
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108215
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55881
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41278
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40600
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31885
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30971
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30620
Alpomish

//