Xazinabon


Saqlash
14:12 / 01.12.2021 0 1350

 

 

Ayoz ismli bir qul taqdir bo‘lib, Sulton Mahmudning xizmatkori bo‘libdi. Sulton qulining odob-axloqini ko‘rib, uni yaxshi ko‘rib qolibdi. Shunchalik ishonchini qozonibdiki, butun saltanatning xazinaboni etib tayinlanib, saroyning barcha xazina-boyliklari unga topshiriladigan bo‘libdi. Bu holatni ko‘rgan saroydagilarning ba’zilari bunga hasad qilishibdi. Hasad va kibrlari tufayli “shunday oddiy bir qulga bunchalik katta mavqe’ berilishi”ni va o‘zlarining shu darajada ham obro‘lari yo‘qligini o‘zlariga singdira olmabdilar. Holat shunday davom etgach, Sultonga har kuni, har xil bahona bilan Ayozdan shikoyat qila boshlashibdi. Uning obro‘yini tushirish uchun qo‘llaridan kelgan hamma yo‘lni sinab ko‘rishibdi.

 

Kunlarning birida Sultonning huzurida bir saroy a’yoni ikkinchisiga: “Qul Ayoz xazinaga tez-tez qatnaydigan bo‘lib qoldi, bilasanmi? Menimcha, u gavharlarimizni o‘g‘irlab yuribdi. Bunga aminman”, debdi.

 

Buni eshitgan Sulton quloqlariga ishonmay “Haqiqatdan ham shundaymikin, shunday bo‘lsa o‘z ko‘zim bilan ko‘rayin” deb, xazina xonasi devoriga kichkinagina teshikcha teshdiribdi. Shunday qilib, ichkarida bo‘layotgan narsalarni tomosha qilishni boshlabdi.

 

Kech tushibdi, qul sekin saroy xazinasiga borib, eshikni ham bildirmasdan yopib ichkariga kiribdi. Sulton qulning sandiq oldiga yaqinlashganini ko‘ribdi. U yerda yashirib qo‘ygani kichkinagina bir tugun ekan. Tugunni o‘pib, peshonasiga surtib uni ochibdi. Ichidan qullik payti kiygan eski-tuski kiyimi chiqibdi. Uni kiyib oynaning oldiga o‘tibdi.

  

O‘ziga o‘zi: “Avvallari shu kiyimni kiyib yurganingda kim ekanligingni eslaysanmi? – deb so‘rabdi. – Hech kim… Bor yo‘g‘i sotiladigan qul eding, xolos. Alloh senga Sultonning qo‘li bilan, loyiq bo‘lmasang ham O‘z rahmatidan shunday ne’matlarini lutf qildi. Aslo qayerdan kelganingni unutma! Chunki mol-mulk insonning aqlini oladi, unutishga majburlaydi. Shunday ekan, sen ham sendan kamroq ne’matga ega bo‘lganlarga past nazar bilan qarab, kibrlanma! Buni aslo unutma, ey Ayoz!” – deb sandiqni yopib, qulflabdi va sekingina eshikdan chiqibdi. Xazinadan chiqar-chiqmas, Sulton bilan yuzma-yuz kelibdi. Shunda Sulton Ayozga qarab turib, ko‘zidan dona-dona yosh oqa boshlabdi. Sulton gapirishga ham qiynalib, tomog‘i ham tiqilib qolibdi va o‘zini majburlab bo‘lsa ham quliga shunday debdi:

  

  Bugunga qadar boyliklarimning xazinaboni eding. Endi… Qalbimizning ham xazinaboniga aylanding. Menga, haqiqiy Sultonim oldida hech kim ekanligimni va unga qanday munosabatda bo‘lishim kerakligini o‘rgatding…

 

Jaloliddin RUMIY

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 19
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 366
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 607
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 554
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 888
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233946
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113296
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67695
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56568
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50983
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39429
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39239
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38761
“Avesto”

//