Gar inson ekansan, xalq manfaati yo‘lida harakat qil


Saqlash
17:11 / 30.11.2021 0 1590

 

Hokimiyat jilovi odil podshoh qo‘lida bo‘lsa, hamma adolatli bo‘lishga va yaxshi xislatlarni egallashga  intiladi. Aksincha bo‘lsa, xalq yolg‘onchilik va boshqa yaramas xatti-harakatlarga moyillik ko‘rsatadi.

                                                                                      Jaloliddin Davvoniy

 

Gar inson ekansan, xalq manfaati yo‘lida harakat qil, toki xalq o‘z xohish-istagi bilan sening xizmatingda bo‘lsin.

                                                                                        Majididdin Xavofiy

 

Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.

                                                                         Abulqosim az-Zamaxshariy

 

Amalda qo‘llanilmaydigan bilim jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bilim daraxtdir, amal esa uning mevasi... Hosil bermaydigan shox nosog‘lom bo‘ladi.

                                                                                    Husayn Voiz Koshifiy

 

Agar adolat himoya qilinmasa, zaif va kuchli odamlar yo‘qolib ketadi. Modomiki, zaiflar qirilib ketar  ekan, kuchlilar ham omon qolmaydi. Chunki kishilarning turmushi bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Xullasi kalom, xalqning ahvoli adolatsiz yaxshilanmaydi.

                                                                                    Husayn Voiz Koshifiy

 

Bu ummatga uch narsadan zararliroq narsa yo‘qdir: pulni yaxshi ko‘rish, boshliq bo‘lishga intilish va sultonlar eshigiga qatnash. Batahqiq, Alloh taolo ulardan chiqish yo‘lini ham ko‘rsatib qo‘ygan.

                                                                                                  Abu Hurayra

 

Ko‘pincha tenglik tushunchasining adolat bilan aralashganini ko‘ramiz. Insonga ikki, qo‘yga to‘rt oyoq berilishida bir tengsizlik bordir. Ammo adolatsizlik emas. Insonga bunisi, qo‘yga esa unisi yarashadi.

                                                                                           Alouddin Bashar

 

Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.

                                                                                     Abu Rayhon Beruniy

 

 

 

To‘plovchi Ahmad MUHAMMAD

 

“Sharq haqni topdi...” kitobidan olindi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 19
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 366
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 607
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 554
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 888
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233946
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113296
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67695
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56568
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50983
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39429
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39239
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38761
“Avesto”

//