Obroʻ


Saqlash
14:09 / 19.09.2023 0 909

Obroʻ – maʼnaviy tushuncha, insonning maʼnaviy sifatlari, mehnat faoliyati, nasl-nasabi, bilimi yoki kasbiy mahoratiga oʻzgalar tomonidan berilgan yuksak baho. Boshqacha aytganda, obroʻ insonning ruhiy-psixologik, intellektual va amaliy xatti-harakatlarining koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilishi. Obroʻ maʼnaviyatga bevosita taaluqli boʻlishiga qaramay, uning pasayishi yoki oshishi koʻp omillar bilan belgilanadi. Ezgu maqsadlarni koʻzlab amalga oshirilgan ishlar inson obroʻsining oʻsishiga, buzgʻunchi, yovuz maqsadlar esa uning obroʻsi pasayishiga zamin hozirlaydi. Katta-kichikligiga koʻra, obroʻ oʻziga xos darajalarga boʻlinadi va uning shakllanishi shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga borib taqaladi. Shaxs maqsadlari va amalga oshiradigan ishlari guruh bilan bogʻliq boʻlsa, olinadigan obroʻ ham shu guruh darajasida, jamiyatga tegishli boʻlsa jamiyat, davlatga tegishli boʻlsa davlat, tamaddunga tegishli boʻlsa tamaddun darajasida boʻlishi mumkin. Shuningdek, obroʻ alohida yoki bir necha sohalarga tegishli boʻlishi ham mumkin. Masalan, tibbiyotda orttirilgan obroʻ, asosan, shu va shunga yaqin soha vakillari oʻrtasida namoyon boʻladi. Masalan, Nobel mukofotini olganlar orasida koʻplab soha vakillari bor. Lekin ularni hamma ham bilmaydi, ular maʼlum soha mutaxassislari oʻrtasidagina yuksak obroʻga ega. Biroq, ayrim mashhur shaxslar muayyan sohada jahon ilm-fani va madaniyatiga qoʻshgan ulkan hissasi tufayli butun insoniyatning obroʻ eʼtiboriga sazovor boʻladi, ularni barcha yaxshi biladi va hurmat qiladi. Masalan, Mirzo Ulugʻbekning astronomiya sohasidagi kashfiyotlari, Alisher Navoiyning adabiyot, xususan, sheʼriyatdagi ijodi ularning jahon miqyosida ulkan obroʻ qozonishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari, obroʻ guruh, jamiyat, davlat, mintaqa, shahar darajasida ham namoyon boʻlishi mumkin. Masalan, tarixda Buxoro “Quvvat-ul din val islom”, Samarqand “Sayqali ruyi zamin”, Shahrisabz “Qubbat-ul ilm val adab” deya eʼzozlangan boʻlsa, Xorazm meʼmorchilik va sanʼat, Toshkent qurolsozlik, Fargʻona dehqonchilik madaniyati bilan obroʻ qozongan. Oʻrta Osiyo esa madaniyatlar tutashgan mintaqa sifatida maʼlum va mashhur boʻlgan. Obroʻ “nom qozondi”, “oti chiqdi”, “dovrugʻ taratdi”, “hurmat-eʼtibor topdi”, “shon-sharafga erishdi”, “tillarda doston boʻldi” kabi atamalar orqali ham ifodalanadi. Obroʻ – inson xizmati tan olinganini ifodalovchi oʻziga xos mezon. Hozirgi Gʻarbda, odatda, zohiriy obroʻ koʻrsatkichlari sifatida shaxsning moddiy farovonligi, turar-joyi, avtomobil markasi, matbuotda tilga olinishi, oilaviy shifokori va ruhshunosining mavjudligi, kasbiy muvaffaqiyati va boshqaga egaligi eʼtiborga olinadi. Sharqda esa bundan farqli oʻlaroq, shaxsning el-yurt oldidagi xizmati, maʼnaviy yutuqlari yoki xalqi orasida topgan eʼtibori, odamlarga koʻrsatadigan tarbiyaviy taʼsiri kabilar obroʻning asosi boʻlib xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 192
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 141
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 117
Yelib keldi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 567
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225824
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55960
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41323
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40651
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31926
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31007
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30678
Alpomish

//