Milliy-maʼnaviy qiyofa


Saqlash
19:08 / 04.08.2023 0 880

Milliy-maʼnaviy qiyofa – jamiyatdagi turli etnos, xalq, millatga xos umumiy milliy xususiyatlar (negizlar) asosida tarixan shakllangan, ularning turmush tarzi, tili, urf-odat va anʼanalari, qadriyatlariga xos va mos boʻlgan umumiy milliy-maʼnaviy xususiyatlar, fazilatlar majmuasidir. Milliy-maʼnaviy qiyofa har bir jamiyatga xos boʻlgan muhim tarixiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy xususiyat sanaladi. Milliy-maʼnaviy qiyofa tarixan tarkib topgan milliy anʼana, urf-odat, rasm-rusum, taomillarni oʻzida mujassam etadi. Milliy-maʼnaviy qiyofa aynan bir xalqqa tegishliligi bois ham uning turmush tarzi, tarixi, falsafasi, ijtimoiy hayotini ifodalash bilan birgalikda jamiyatning oʻziga xos intellektual salohiyatini belgilaydi. Oʻzining milliy-maʼnaviy qiyofasini yoʻqotmagan, asl holicha saqlagan xalq oʻzligini, oʻz milliyligini qadrlagan hisoblanadi. Milliy-maʼnaviy qiyofa xalqlarni bir-biridan ajratib turuvchi oʻziga xos muhim xususiyat hamdir. Dunyoda qancha xalq boʻlsa, ularning har biri oʻziga xos, betakror milliy-maʼnaviy qiyofaga ega. Oʻzbek xalqining milliy-maʼnaviy qiyofasi bagʻrikenglik, tantilik, mehmondoʻstlik, bolajonlilik, kechirimlilik, soddalik, mehnatkashlik, andishalilik, qanoatlilik, odoblilik, saxovatpeshalik, oriyatlilik, nekbinlik, eʼtiqodlilik, oqibatlilik singari fazilatlarda mujassamlashgan. Mazkur fazilatlar avloddan-avlodga meros sifatida oʻtib xalqimizning milliy-maʼnaviy qiyofasining mazmun-mohiyatini ifodalaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 326
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 563
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229570
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110669
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61148
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50026
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 45386
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37624
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35762
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32755
Kompetentlik

//