Irfon


Saqlash
16:11 / 24.11.2021 0 6928

 

IRFON (arab. bilish, anglash) bilish, bilib olish, tanish, qaytadan tanish, tushunish va bilim ma’nolarida qo‘llanadi. Bu so‘zning muodili yunoncha bo‘lib, sirli va g‘aybli degan ma’nolarni anglatadi. Irfon so‘zi umumiy ma’noda, yuzaki ilmga qarshi o‘laroq, bir narsani aniq va har tomonlama bilib olishni ifoda etadi. Masalan, “falon kishi orif shoirdir” deganda, ta’riflanayotgan odam yuzaki bilimlarga qanoat qilmay, tasavvuf, adabiyot, she’r va boshqa fanlarga oid ko‘plab masalalarni puxta o‘rgangani anglashiladi. Irfon ilohiy ilmlardan biri sifatida Haqning zoti, uning ismlari va sifatlarini ishroq (ko‘ngil yorug‘ligi) orqali bilib olishga qaratilgan ilm hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ahlulloh (xudoni qidiruvchilar) Haqni tanib olish uchun tanlagan yo‘l irfon deb ataladi. Tabariy irfonni quyidagicha ta’riflaydi: irfon inson o‘z nafsini poklash, riyozat chekish, sig‘inish, zikr qilish, xilvatda o‘tirish va jazavaga berilish orqali sayru suluk bosqichlaridan o‘tib, Xudo va tabiat ortidagi kuchlar bilan aloqa o‘rnatish va shu yo‘sinda uning qalbi ilhom va ishroq manbaiga aylangandan keyin qat’iy va shubhasiz haqiqatga erishishidan iboratdir. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, tasavvuf irfonning bir bo‘lagi, uning ko‘rinishlaridan biri, ya’ni tasavvufdan ilova bo‘lib, boshqacha yo‘l-yo‘riq va mazhablarni ham qamrab oladi. Unga binoan bir kishi so‘fiy bo‘lib orif bo‘lmasligi ham mumkin yoki bir kishi yuzaki sur’atda tasavvuf tariqatida turib, irfondan hech qanday bahra olmasligi mumkin. Ba’zan esa orif so‘zi darvesh va so‘fiyga nisbatan yuksakroq ma’noda ham ishlatilgan. Ba’zilar irfonni tasavvufning ilmiy va zehniy tomoni, tasavvufni esa, irfonning amaliy tomoni deb talqin etgan. So‘fiy aqidasining asosi “bir” bo‘lishi kerak: “bir deyish, “bir”ni qidirish va kuzatish asosida, yagona va mutlaq zotdan boshqa biron narsa borasida o‘ylamasligi zarur. Tasavvuf va irfon qoidalariga binoan, so‘fiy, haqiqiy orif va haqiqiy inson o‘rnida turishi lozim. Insonlarni sevish, ularning xizmatida bo‘lish, ayni holda xudoning borligi va birligini unutmaslik, so‘fiylarning asosiy aqidasidir.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 340
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 901
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 932
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228556
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110117
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59053
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 46819
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42907
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36590
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34784
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31982
Kompetentlik

//