Ma’naviyat va din


Saqlash
22:07 / 20.07.2023 0 9940

Ma’naviyat va dinma’naviyat mezonlaridan biri bo‘lgan, insonning iymon va tafakkurini kamol toptirish, mustahkam e’tiqod va dunyoqarashini shakllantirishiga xizmat qiladigan diniy qadriyatlar kishilarning yuksak ma’naviy ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlari bilan uzviy bog‘liq tarzda rivojlanadi. Din ma’naviyat takomilida, milliy madaniyat va turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an’analarning bezavol saqlanishi hamda asrlar mobaynida xalq qalbiga chuqur o‘rnashishida ma’naviy omil bo‘lib kelgan. Insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, qanoat, saxovat, mehr-shafqat kabi fazilatlar ko‘plab boshqa omillar qatori diniy qadriyatlar ta’sirida ham rivojlanadi. Masalan, Islom dinining ilmiy asoslarini o‘rganish, uning ma’rifiy-ma’naviy g‘oyalarini rivojlantirish, moʻtadil e’tiqod negizlarini ishlab chiqishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarimizning xizmati singgan. Ularning merosi bebaho ma’naviy boyligimizdir. Muqaddas dinimizni pok saqlash, unga qarshi qaratilgan har xil xurujlarga zarba berish, dindan nopok, g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinayotgan mutaassib shaxslarga qarshi kurashish ham bizning ma’naviy burchimizdir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 163
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 258
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 476
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234279
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113499
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68036
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57060
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51447
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39925
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39570
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39451
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//