Dunyodagi eng mashhur adabiy mukofotlar haqida bilasizmi?


Saqlash
10:11 / 23.11.2021 0 2095

Yozuvchi, shoir, umuman olganda haqiqiy ijod ahli biror mukofot ilinjida qo‘liga qalam olmaydi. Ammo ularning mehnati, insoniyatga xizmat qiladigan asarlar qadri uchun ham dunyoda ko‘plab adabiy mukofotlar ta’sis etilgan. “Nobel” esa obro‘si va ahamiyati jihatidan birinchilikni egallaydi.

 

Nobel mukofoti

 

Bugungi kungacha xalqaro Nobel mukofoti buyuk ilmiy izlanishlar, inqilobiy ixtirolar yoki madaniyat va jamiyatning rivojiga katta hissa qoʻshgani uchun har yili munosib nomzodlarga taqdim etilmoqda. Uning tarixi haqida ko‘pchilik bilsa kerak. Alfred Nobel vasiyatiga ko‘ra ta’sis etilgan mukofot ushbu nomdagi jamg‘arma tomonidan qoplanadi. Ilk taqdirlash marosimi 1901-yilda bo‘lib o‘tgan. Har yili kelib tushadigan mablag‘ 5 qismga teng bo‘linib, irqi, millati, jinsi, dinidan qat’iy nazar, fizika, kimyo, fiziologiya yoki tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar, badiiy asarlar, xalqlar do‘stligi va tinchlikni mustahkamlash yo‘lida ko‘rsatilgan faoliyatlarga beriladi. 1968-yilda Shvetsiya davlat banki oʻzining 300 yilligi munosabati bilan iqtisod fanlari sohasidagi yutuqlar uchun beriladigan qoʻshimcha yo‘nalish taʼsis etgan edi.

 

Chemistry is the fastest path to a Nobel prize | Nature Index

 

Nobel mukofotini berish vazifasi Stokgolmdagi Qirollik Fanlar akademiyasiga fizika, kimyo, iqtisod fanlari boʻyicha, Stokgolmdagi Qirollik tibbiyot-jarrohlik institutiga fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha va Stokgolmdagi Shvetsiya akademiyasiga badiiy asarlar boʻyicha taqdirlash topshirilgan. Tinchlik yo‘nalishidan boshqa mukofotlar faqat yakka shaxslarga beriladi.

 

Taqdirlash marosimi Stokgolm va Osloda Alfred Nobel vafot etgan kun (10-dekabr)da oʻtkaziladi. Sovrindorlarga oltin medal, diplom va 10 million SEK miqdoridagi pul mukofoti (taxminan 1 million 145 ming AQSh dollari) beriladi.

 

Migel de Servantes mukofoti

 

“Don Kixot” kitobi muallifi Migel de Servantes sharafiga nomlangan mukofot har yili ispan tilida ijod qiluvchi yozuvchilarning umr bo‘yi erishgan yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Britannika ensiklopediyasida “ispan tilida yoziladigan asarlar uchun beriladigan eng nufuzli va foydali mukofot” 1975-yilda Ispaniya Madaniyat vazirligi tarafidan taʼsis etilgan. Ispan tilida soʻzlashuvchi har qanday muallif nomzodini qo‘ya oladi. Servantes mukofotiga ega bo‘lgan ijodkorlar orasida keyinchalik Nobel sovriniga ega bo‘lganlar ham bor.

 

 

G‘olibga 125 ming yevro (taxminan 140 ming dollar) miqdoridagi pul mukofoti topshiriladi.

 

2021-yil mukofotga urugvaylik shoira va tarjimon Kristina Peri Rossi munosib topildi.

 

 

Asturiya malikasi mukofoti

 

Ispaniya shimolidagi tarixiy viloyat – Asturiyada ham alohida adabiy mukofot joriy etilgan. 1981-yildan 2014-yilgacha Asturiya shahzodasi mukofoti gumanitar sohalar bo‘yicha berilgan bo‘lsa, keyinchalik uning qizi nomiga  Asturiya malikasi nomiga o‘zgardi.  Jamg‘arma har yili Oviedo shahrida o‘tkaziladigan marosimda sovrinlarni o‘z egasiga topshiradi. Mukofotning maqsadi ilmiy, madaniy va gumanitar qadriyatlarni ulug‘lash va targ‘ib qilishga hissa qo‘shayotgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Har bir toifa uchun 50 ming yevro (taxminan 56 ming dollar) miqdorida pul mukofoti ham mavjud. Agar mukofotlanganlar guruhni tashkil qilsa, bu miqdor taqsimlanadi.

 

The jury meeting for the 2021 Princess of Asturias Award for Social  Sciences - Press - The Princess of Asturias Foundation

 

Nadal mukofoti

 

Ispaniyadagi eng qadimgi adabiy mukofot nashriyotlar tomonidan berilishi bilan boshqalaridan farq qilib turadi. U urushdan keyingi yillarda yangi iste’dodlarni kashf etish va adabiyotni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. Destino gazetasining sobiq muharriri bolalikdagi ilk o‘qituvchisi sharafiga mukofotni shunday nomlagan. Dastlabki taqdirlash 1944-yilda bo‘lib o‘tgan edi. 1993-yilda Migel de Servantes ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

 

The Nadal Prize fails today in an edition without a literary dinner due to  the pandemic - Archyde

 

Ayni paytda, mablag‘i 18 ming yevroni (taxminan 20 ming dollar) tashkil etadi va har yili 6-yanvarda o‘z egalariga topshiriladi.

 

Xans Kristian Andersen mukofoti

 

Dunyodagi eng yaxshi bolalar yozuvchilari va ilyusstratorlarni tan oladigan ushbu adabiy mukofot “Kichik Nobel mukofoti” deb ham ataladi. U 1956-yilda UNESKOning bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan, har ikki yilda bir marta o‘z egalariga topshiriladi. Taqdirlash marosimi 2-aprel –  Xans Kristian Andersen tug‘ilgan kunda bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar oltin medal va diplomni Daniya qirolichasining shaxsan o‘zidan qabul qilib oladi va ularga 60 ming funt sterling (taxminan 90 ming dollar) pul mukofoti topshiriladi.

 

2016 Hans Christian Andersen Awards Winners

 

 

Buker mukofoti

 

Xalqaro Buker mukofoti 2004-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 2005-yildan 2015-yilgacha har ikki yilda bir marta ingliz tilida nashr etilgan asarlar uchun berilgan. Unda muallifning doimiy faolligi, jahon adabiyotidagi o‘rni e’tiborga olinadi. 2016-yildan beri mukofot har yili ingliz tiliga tarjima qilingan va Buyuk Britaniyada yoki Irlandiyada nashr etilgan asarga berilib, g'olib 50 ming funt sterling (taxminan 56 ming dollar) bilan mukofotlanadi. Sovrin  muallif va tarjimon o'rtasida teng taqsimlanadi.

 

The 2021 Booker Prize | The Booker Prizes

 

Mukofotga Gabriel Garsia Markes, Najib Mahfuz kabi mashhur yozuvchilar nomzodi ham qo‘yilgan. Ammo ular g‘oliblikni qo‘lga kiritolmagan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

10:04 / 16.04.2024 5 370
Velosiped

Qatra

10:04 / 15.04.2024 3 834
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 371
Toshbaqaning xatosi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 428
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 624
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 445
Hurfikrlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204281
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95543
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 21637
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 1 18819
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 14799
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 8 13783
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 12392
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11664
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya