Lotin alifbosi


Saqlash
20:07 / 06.07.2023 0 5281

Lotin alifbosi – inson, shaxs dunyoqarashi, bilim va ko‘nikmalari, tajribalarini yozma bayon qilish usuli sifatida qad. Rimning Lasiy viloyatining (“lotin” so‘zi ham shundan), xususan, uning markaziy shahrining yozuvi, harfiy yozuv; g‘arbiy yunon yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX–VIII asrlarda hozirgi Italiya hududiga kirib kelgan alifboli yunon yozuvi asta-sekin rivojlanib, faqat miloddan avvalgi III–IV asrlardagina mustaqil lotin alifbosi yuzaga kelgan. Ushbu yozuvdagi eng qadimgi yodgorliklarda (miloddan avvalgi VI–IV asrlar) yozuv yo‘nalishi ham o‘ngdan chapga, ham chapdan o‘ngga yo‘nalgan bo‘lgan, miloddan avvalgi IV asrdan keyingina chapdan o‘ngga qarab yozish barqarorlashgan. Bu davrdagi yozuvda tinish belgilari bo‘lmagan, harflar bosh (katta) va kichik harflarga ajratilmagan. Lotin alifbosida dastlab 20 ta harf bo‘lgan, miloddan avvalgi I asrdan boshlab yunon tilidan kirgan so‘zlarni yozish uchun V, Z harflari qo‘llana boshlagan. Bu alifbo o‘rta asrlarda ko‘plab shakl o‘zgarishlariga uchragan holda rivojlanishda davom etadi. XI asrda W harfi, XVI asrda X va V harflari alifboga kiritiladi. Keyingi rivojlanish davrida, kitob bosish ishlari yo‘lga qo‘yilganidan keyin tinish belgilari, diakritik belgilar paydo bo‘ldi, bosh va kichik harflar farqlana boshlandi.

 

Hozirgi lotin alifbosi ikki xil tipografik shaklga ega: asl lotin harflari (ikkinchi nomi – “antikva ) va got yozuvi (fraktura” deb ham ataladi). Ularning birinchisi, ya’ni lotin harflari eng qadimgi alifboga yaqin bo‘lib, hozirgi amaliyotda, asosan, ana shu harflardan foydalaniladi. Rim imperiyasi qulagach, xususan, VIII asrdan e’tiboran lotin alifbosi Gʻarbiy Yevropadagi ko‘plab xalqlarning yozuv tizimlari uchun asos bo‘ldi. Hozirgi davrda dunyo tillarining 30–35 foizi lotin alifbosidan foydalanadi. O‘zbekistonda ham 1929–40 yillarda shu alifbo asosidagi o‘zbek yozuvi amalda bo‘lgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng ona tilimizga yana lotin alifbosi joriy etildi. Hozirgi yozuvimizda lotin va krill alifbolari barobar ishlatilmoqda. Bu esa milliy tilimiz rivoji uchun katta qulayliklar yaratish bilan birga, yurtimizda turli millat va elat vakillarining yozma madaniyatini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Milliy yozuv tizimlari lotin alifbosiga asoslangan xalqlarning alifbolaridagi harflar tarkibi, albatta, qadimgi lotin alifbosidan farq qiladi. Lotin alifbosining tegishli fonetik tizimlarga moslashuvi diakritik belgilarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 399
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 615
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 230103
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111006
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 61764
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 50958
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 46379
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37951
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36010
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32904
Kompetentlik

//