Lirika


Saqlash
22:07 / 05.07.2023 0 1758

Lirika (yunoncha lyra – qadimgi yunonlarda rubobga o‘xshash musiqa asbobi bo‘lib, ular shu asbobni chalib qo‘shiq-she’r aytganlar; ana shu qo‘shiq va she’rlar lirika deyilgan) – badiiy adabiyotning epos, lirika, drama deb nomlangan uch asosiy turidan biri. Lirika biror-bir hayotiy voqea-hodisa ta’sirida tug‘ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg‘ular orqali turmushni aks ettiradi. Lirikada insonning ichki dunyosi shu insonning o‘zi ham, undagi kayfiyatni tug‘dirgan hayot sharoitlarini ham tasavvur qilishga imkon beradi. Lirik asar, odatda, kichik hajmli bo‘ladi. Lekin, shunga qaramay, u ham turmushni badiiy, obrazli aks ettirishning barcha xususiyat va belgilariga ega bo‘ladi. Lirika asarda konkret individual kechinmalar orqali tipik kechinmalar ifodalanadi, bu holat lirik asarda badiiy umumlashtirishni vujudga keltiradi; shoir lirikada muayyan shaxsning bevosita hayotiy kechinmasini beradi, bu bilan asarda xarakter va kechinmani individuallashtiradi; shoir lirikada yolg‘iz o‘z fikri, his-tuyg‘usinigina emas, balki tipik kechinmalarni ifodalaydi, bu esa o‘z navbatida badiiy fantaziyani talab etadi (busiz lirik asar shoirning faqat shaxsiy kundalik daftariga aylanar, san’at bo‘la olmas edi). Demak, badiiy fantaziya lirika uchun ham xos xususiyatdir; shoir voqelikni ilg‘or ijtimoiy ideallar nuri bilan yoritadigan kechinmalar, fikr va tuyg‘ularni tarannum etadi, natijada lirika asar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi. Binobarin, lirikaning kompozitsion tuzilishida uch tarkibiy qism mavjud: birinchi qismda asosiy fikr ifodalanadi, ikkinchi qismda yordamchi, yangi motivlar bilan mavzu ochiladi, uchinchi qismda fikr va tuyg‘ular doirasi tugallanadi, yakunlanadi. Buni xotima qism deydilar. Xotimada fikrlar, tuyg‘ular mujassam tus oladi. Masalan, Hamid Olimjonning “O‘rik gullaganda” she’ridagi bosh fikr, asosiy motiv quyidagi go‘zal misralarda yorqin: Mana senga olam-olam gul, // Etagingga siqqanicha ol. // Bunda tole har narsadan mo‘l, // To o‘lguncha shu o‘lkada qol.

 

She’riy shakl lirikaning xarakterli xususiyati bo‘lib, u kishining his-tuyg‘uga to‘la hayajonli nutqini ta’sirli ifodalashda qo‘l keladi. She’riy shakl lirikada ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi. Binobarin, lirik asar, go‘yo o‘qish uchun emas, balki faqat kuylash uchun yaratilganday tuyuladi. Lirikaning eng qadimgi turlaridan biri – xalq qo‘shig‘i, ashula va laparlardir. Sharq mumtoz lirikasi, jumladan, o‘zbek mumtoz lirikasi g‘azal, qasida, murabba, muxammas, musaddas, ruboiy, qit’a kabi janrlardan iborat bo‘lgan. Hozir lirikani she’rning asosiy mazmuniga qarab, siyosiy yoki fuqarolik lirikasi, falsafiy lirika, intim (shaxsiy) lirika, tabiat yo peyzaj lirikasi kabi janrlarga ajratadilar. Lekin, ularning hammasida ham inson hayoti, muhabbati va nafrati, sevinch va iztirobi o‘z lirik ifodasini topadi. Chunki har qanday badiiy asarning markazida inson va uning hayotiy kurashi, jamiyat va tabiat hodisalariga ma’naviy, ma’rifiy munosabati asosiy obyekt bo‘lib turadi. Insoning xilma-xil hayot hodisalariga va tabiatga munosabatidan rang-barang lirik lavhalar, hayot poeziyasining qalamga olingan turli-tuman lirik ko‘rinishi namoyon bo‘ladi. Chunonchi, insonning ijtimoiy hodisalarga munosabati fuqarolik lirikasida, tabiatga qarashi peyzaj lirikasida aks etadi va hokazo.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 150
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 401
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 151
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 223
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 535
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 956
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218768
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104500
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 34244
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27323
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26601
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25235
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24915
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21795
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//