Laqmalik


Saqlash
22:07 / 05.07.2023 0 1658

Laqmalik – har narsaga darrov ishonish, oson aldanish, kaltafahmlik, go‘llik. Laqmalik – nodon odamga xos qusur, xatti-harakat, u o‘zida yomon fe’l-atvorni jamlamasa-da, lekin salbiy ma’noga ega. Chunki, laqmalik tufayli fe’l egasiga ishonib topshirilgan ish barbod bo‘ladi. Laqmalik do‘stlar orasida ishonchsizlikni, raqib tomonga g‘alaba keltirgani uchun ham salbiy xususiyat kasb etadi. Mutafakkirlardan biri “Insonga xos kamchiliklar ichida kechirimliligi soddalikdir”, degan edi. Soddalik illat emas. Ammo soddalik bilan laqmalikni farqlash lozim. Laqmalikni donishmandlar axmoqlik bilan tenglashtirishgan. Abulqosim Firdavsiy bu borada shunday deydi: “Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi”. Laqmalikning zarari juda katta. U nafaqat shaxs ma’naviyati, balki jamiyat uchun ham zararli illat. Laqmalikning ziddi ziyraklik, ogohlik, oqillikdir. Laqmalikni hushyorlik, o‘zini me’yorda tutish bartaraf qila oladi. Laqma odam bo‘lar-bo‘lmas gaplarni o‘ylamasdan gapiraveradi, o‘zini tutishni bilmaydi, natijada xatolarga yo‘l qo‘yadi. Shuning uchun odamlar bunday kimsalardan o‘zini olib qochadi. Mashhur rus masalnavisi I.Krilov “Tulki bilan qarg‘a” masalida laqmalikni tanqid qiladi. Unda laqma qarg‘a tulkining maqtovlariga ishonib, pishloqdan mahrum bo‘lib qoladi. Abdulla Avloniy bu borada deydi: “Aql egasi hiylaga aldanmagay, // Hiylagarning hiylasi boshin yegay. // Do‘st ila dushman so‘zining farqi bor, // Fahm etar har kimki, o‘lsa hushyor”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 297
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 272
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 622
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 366
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 543
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233078
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112804
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65602
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55341
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49708
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39146
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38262
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37077
“Avesto”

//