Laganbardor


Saqlash
20:07 / 05.07.2023 0 2457

Laganbardor – o‘z manfaati uchun biror-bir shaxs, asosan, mansabdor oldida o‘zini juda tuban tutib, unga xushomad qiladigan pastkash odam; xushomadgo‘y. Laganbardorlik shunday kishiga xos xislat, xatti-harakat, xushomadgo‘ylik. Laganbardorlik inson shaxsiyatini o‘ldiradigan, o‘zligidan mahrum etadigan illat. Laganbardor o‘z manfaati yo‘lida har qanday tubanlikka tayyor bo‘ladi. U mansabdorlarga yaxshi ko‘rinish va undan o‘zi istagan ne’matlarni qo‘lga kiritish uchun har qanday jirkanch ishdan qaytmaydi. Laganbardor uchun muqaddas narsaning o‘zi yo‘q. Do‘stlik, muhabbat, vafo, sadoqat tuyg‘ulari unga begona. Laganbardor hamma narsani pul bilan o‘lchaydi, atrofidagi odamlarga o‘z manfaatiga xizmat qilishi nuqtai nazaridan yondashadi. Mansabdorning soyasiga salom byerib, sadoqatini turli yo‘llar bilan namoyish etishga urinadi, ammo foydasi tegmay qolgan odamdan shu zahoti yuz o‘giradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 217
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67892
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56846
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51282
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39366
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39126
“Avesto”

//