Ko‘chirmachilik


Saqlash
21:07 / 04.07.2023 5 16112

Ko‘chirmachilik (plagiat) – a) ma’naviy sohadagi buzilishning bir ko‘rinishi; b) birovniig asari, kashfiyoti va boshqalarini ko‘chirib, o‘ziniki qilib olish. Bunday o‘g‘rilik muallif ijozatisiz ilmiy, adabiy, musiqiy yoki badiiy asarni, kitob, dissertasiya, risola va boshqalarni o‘z nomidan to‘la yoki qisman bostirib chiqarishdan, kashfiyot yoki ixtirochilik natijalarini o‘ziniki qilib olishdan iborat. Ko‘chirmachilik biron-bir kishidan kasb o‘rganish, unga taqlid qilish, turli hunarmandchilik, rassomlik, dehqonchilik, chorvachilik va boshqalarning sir-asrorini bilib olish hamda o‘z faoliyatida qo‘llashdan farq qiladi. U ustozlar tajribasidan foydalanish, biron-bir xalq, davlat yoki jamiyatda samara bergan taraqqiyot yo‘li yoki tamoyillarini o‘zida qo‘llash va hayotga tatbiq qilishdan ham farqlanadi. Shu ma’noda, ko‘chirmachilik shaxs ma’naviyatining buzilishi, uning qing‘ir yo‘llarga kirishini anglatadi. Adabiyotda bu hodisa “adabiy o‘g‘rilik” deb nom olgan. Ko‘chirmachilik holati aniqlanganida ko‘chirmachini sudga berish, yetkazilgan ma’naviy zararni qoplashga majbur qilish qonunchilikda o‘z ifodasini topgan. Jumladan, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunda “Huquq egasi bilan shartnoma tuzmagan holda asardan foydalanilgan taqdirda qoidabuzar huquq egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplashi shart” ekani ko‘rsatilgan (46-modda). Ko‘chirmachilik ilm-fanda ham olimlik odobi va sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan faoliyat tarzida nihoyatda qoralanadi.

5 Izohlar

Jasmina

21:05 / 14.05.2024

Zo‘r 👍👍👍👍👍

Yayra

00:05 / 14.05.2024

Zor rahmat

Sarvinoz

14:05 / 13.05.2024

Vapshe zor matn ekan👏

Sevinch

23:05 / 10.05.2024

Zo'r

Charos

12:05 / 09.05.2024

Jྂuྂdྂaྂ zྂoྂrྂ mྂaྂtྂnྂ eྂkྂaྂnྂ

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 127
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 218
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 426
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 665
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234140
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113425
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67892
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56846
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51282
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39503
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39366
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39126
“Avesto”

//